So’nggi yangiliklar

12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  0 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  0 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  0 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  2 11:36"Манчестер Сити" юлдузи АПЛда бир неча кўрсаткичлар бўйича етакчилик қилмоқда  0 10:48Алонсонинг тақдири қайси ўйинга боғлиқлиги маълум қилинди  5 10:21Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 09:55"Бухоро" футболчиси фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 09:30"Брентфорд" бош мураббийи: "Ҳусанов қизил олиши керак эди"  4 09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  4 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  12 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  23 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1

Vitaliy Levchenko: "Himoyaviy o'ynadik? Asosiysi natija" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Himoyaviy o'ynadik? Asosiysi natija"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Superliga 8-tur doirasidagi "So'g'diyona" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— O'yinni juda ehtiyotkor boshladik, yigitlarim huddi raqibning xatosini kutayotgandek edilar. O'zimizning xatomizdan so'ng gol o'tkazib yubordik. Shunday keyingina o'zimiz xohlagan o'yinni ko'rsatishni boshladik. Yigitlarimni tabriklayman. Shunday o'yinlar orqali jamoa shakllanadi.

Chempionat qiyin o'tadi, kechagi o'yinlar ham bunga misol. Superliga o'z darajasini ko'tarib qo'ydi, hozirda uch ochko yo'qotilishi kutiladigan jamoaning o'zi yo'q. Hamma kurashadi, chempionat esa shunisi bilan qiziqarli bo'ladi.


— "So'g'diyona" 2015 yildan buyon Farg'onada mag'lub bo'lmayotgandi. Bugun ushbu noxush statistikaga barham berildi. Shu haqda nima deysiz?

— "So'g'diyona" to'p nazorati bilan o'ynashga intiladigan juda sifatli jamoa. Ushbu jamoaning o'z ijrochilari bor. G'alaba qozonganimiz ikki karra yoqimli. "So'g'diyona"ga qarshi o'ylangan rejalarimiz bor edi. Shunday qiyin o'yinda yutganimizdan xursandmiz. Ananaga kelsak, u bir kun buzilardi.

— "Neftchi" ikkinchi bo'limda mudofaada yaxshi o'ynadi. Bu rejangizning bir qismi edimi yoki o'yin borishi sabab ro'y berdimi?

— "So'g'diyona"da juda tezkor o'yinchilar bor, agar biz hudud berib qo'yganimizda, bizda katta muammolar kuzatilishi mumkin edi. Rejamizga birinchi taymdan tayangandik. Kubokdagi og'ir o'yindan so'ng jismoniy holatimiz etganidan mamnunman. Shuningdek bizda sog'lik bilan bog'liq muammo ham bor. Legionerlarimiz kasal bo'layotgani sabab ular orqali o'yinni kuchaytira olmayapmiz. Shunday narsa bor. Ammo, jamoada xarakter bor va bugun uni ko'rdik. Asosiysi ular intizom, o'zlarini berish va katta bosim ostida sabr qilish va natijaga erishishni ko'rsata olishdi. To'pga kam egalik qilganimiz hech narsani anglatmaydi, biz qarshi hujumlar uyushtirdik.

— Sizdan oldin bu erda Boshkovich shou ko'rsatdi. U italyan futboliga tayyor emasdi va "Neftchi"ning ikkita hujumdan ikkita gol urganini aytdi.

— Zoran Marushichda ham yaxshi vaziyat bo'lgandi. Raqib sifatlarga ega, ular bilan ochiq o'ynab bo'lmasdi. Biz "Paxtakor" bilan ochiq o'ynadik va darvozamizga gollar urildi. Shu sabab har bir raqibni o'rganamiz va undan kelib chiqishga harakat qilamiz. Qaysi taktika yaxshiligini muhokama qilib o'tirmayman, maydondagi vaziyatni aks ettiruvchi tablo bor. Bu mutaxassislarga yo'llanadigan savol, murabbiy sifatida bizga yaxshi o'yin va natija kerak.

— Boshkovich Turkiyadagi yig'inda ham "Neftchi" haqida gapirar ekan, har mavsum 10-15 o'yinchini o'zgartirib chempion bo'lish mumkinmasligini aytgandi. Bunga nima deysiz?

— Ha, to'g'ri. Muntazam tarkib va ikki uch nafar futbolchi qo'shish kerak bo'lgan asos kerak. Har mavsumda ko'plab o'yinchilar o'zgargani sabab murabbiyga ham qiyin, doimiy futbolchilar bo'lsa ular falsafangizni tushunishadi va nima qilishni bilishadi. Yig'inlarda esa natija muhim emas, chempionatda xato qilsangiz, sizga gollar urishadi va jamoa ochkolardan ayriladi. Hozirda har turda yaxshilanyapmiz. Bizga vazifa qo'yilgan va umid qilamanki, sovrinlar o'rinlar uchun kurashamiz.

— Boshkovich boya raqibga o'xshab yutgandan ko'ra bugungidek mag'lubiyatga uchrashni afzal ko'rishini aytdi...

— Bunga izoh bermayman. Emociyalar sabab ko'p gaplar aytiladi. Hurmatni saqlab qolish kerak, shu sabab bunga izoh bermayman. Futbol shunisi bilan qiziq, turli xil taktikalar, kimgadir yoqadi yoki yoqmaydi. Futboldagi asosiysi natija. Chiroyli o'ynash yoki o'ynamaslik ikkinchi masala. Natija esda qoladi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика