So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Vitaliy Levchenko: "Bugungi bahs biz uchun saboq bo'ldi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Bugungi bahs biz uchun saboq bo'ldi"

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Neftchi" – AGMK uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

— Yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Ko'rganingizdek, uchrashuv so'ngida darvozamizni ishg'ol qilishdi. Birinchi golni olmaliqliklar hujumchisi ortga qaragan holda urdi. Ikkinchi golni esa tezkor qarshi hujum natijasida o'tkazib yubordik. Bu vaziyatda raqib hujumchisi ilgarilib ketdi va to'p kiritilishiga sabab bo'ldi. To'g'risini aytganda, o'yinni qutqarib qolish uchun yaxshi imkoniyatlar bor edi, ammo bu amalga oshmadi. Bugungi bahs biz uchun saboq bo'ldi.

— Goldan so'ng jamoa qarshi hujum va pressingga tayanib qolgandek taassurot qoldirdi...

— Qaysi goldan so'ng? Birinchi? Bu principial jihatdan psixologiya bilan bog'liq. Qachonki yigitlar o'zlarida ishonch hosil qilsa, bunday xatolarga yo'l qo'ymaydi. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda, tabiiki, qaerdadir parchalanish sodir bo'ldi. SHu bois, o'yin tahlilini qilib, bunday xatolarga qanday yo'l qo'yilganini ko'ramiz. Ehtimol, bu xatolar o'z ustimizda ishlash natijasi o'z-o'zidan bartaraf etilar".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика