Vitaliy Levchenko: "Biz uchun chempionat yoki kubok uchrashuvi farqlanmaydi"
20 apr 2024 00:37
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Biz uchun chempionat yoki kubok uchrashuvi farqlanmaydi"
O'yin haqida
- Yaxshi jamoaga qarshi o'yin o'tkazdik. Sirdaryoliklar tarkibida akademiyaning yosh futbolchilari maydonga tushishdi. Mahorat bobida ustun edik, bu o'yinda ham, hisobda ham aks etdi.
- Kubok uchrashuvlarida "Neftchi"ning maqsadlari qanday?
- CHempionat o'yinimi, kubokmi, buni farqlamaymiz. Asosiysi, har bir o'yinda g'alabaga erishib, muxlislarimizga g'alaba kayfiyatini taqdim etish.
- Maydon borasida sizda etirozlar tug'ilmadimi?
- Bu kabi yosh jamoa maydonida nomdor klublarning kelishi bayramga aylanib ketadi. Maydon va tashkilotchilik, barchasi alo darajada.
- Jamoa legionerlari o'yinlaridan qoniqayapsizmi?
- Bugun biz rotaciyalarga qo'l urdik. O'yin amaliyoti va jismoniy holatni barqaror ushlab turish uchun barchaga imkoniyat berayapmiz. Legioner futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar