So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Vitaliy Levchenko: "Legionerlar tarkibimizdagi futbolchilardan kuchliroq bo'lishi va asosiy tarkib uchun kurashishi kerak" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Legionerlar tarkibimizdagi futbolchilardan kuchliroq bo'lishi va asosiy tarkib uchun kurashishi kerak"

"Neftchi" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 14-tur o'yinidan (1:0) mezbon jamoa ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vitaliy Levchenko: "Raqib katta kuch bilan himoyalandi. Birichi bo'limda gol urganimizda bahs osonroq o'tgan bo'lardi. Yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. SHunga qaramay ikkinchi taymda gol urdik va raqibni katta kuch bilan oldinga o'tishga majbur qildik. Yigitlarga rahmat aytaman.

- Bugun Nikabidzening o'yini qovushmadi, unda moslashish jarayoni ketyaptimi?

- Hozir bu ob-havoda futbol o'ynash juda qiyin. SHu erda tug'ilib, katta bo'lganlar ham qiynalishyapti. 5 avgustda havo harorati biroz pasayadi deyishdi, Nikabidzega biroz vaqt kerak.

- Jamoaning ikki yangi legioneri keyingi turda maydonga tushadimi?

- Bunga vaqt kerak. Ularning tayyorgarligi, jismoniy holati, ish uchun ruxsatnoma olish... Bularning bari ustida ishlayapmiz. Voqealarni tezlashtirmoqchi emasmiz. Legionerlarni oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun olganmiz. Ular tarkibimizdagi futbolchilardan kuchliroq bo'lishi va asosiy tarkib uchun kurashishi kerak. Qoida hamma uchun teng.

- Bilol Toshmirzaevning bugungi o'yindagi harakatlariga qanday baho berasiz?

- U qo'lidan kelganicha harakat qildi. Qaerdadir o'xshadi, bazi joylarda yo'q. U "Turon"dan keldi, hamma erda talab har xil. Unga o'z talablarimizni aytdik. Agar u o'z poziciyasidagilar orasida eng yaxshi bo'lsa, asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi.

- "Neftchi"ning har o'yiniga ko'p muxlis kelmoqda. Ularga nima degan bo'lardingiz?

- Birinchi navbatda, ular har bahsda stadionimizni to'ldirishlarini istardim, ikkinchisi, doimo ularning kayfiyati shunday bo'lishini xohlayman, bu futbolchilarga kuch beradi. Biz esa ularga g'alaba bilan javob qaytarishga harakat qilamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика