Virjil van Deyk: "Liverpul" yaxshi holatda emas, MYU esa ideal darajada"
05 mar 2023 10:53
Yangiliklar
Virjil van Deyk: "Liverpul" yaxshi holatda emas, MYU esa ideal darajada"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu muhim o'yin. Unda biz o'zimiz qanday o'ynashimiz kerakligini o'ylashimiz, muxlislar talab qilgandek bo'lishimiz kerak. Ishonch bilan, agressivlik ko'rsata olishimiz lozim. Bu o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Maydonga tushib, o'zimizni ko'rsatishni istaymiz.
Qadam tashlashda bu o'yin muhim sanaladi. Tabiiyki, biz yaxshi holatda emasmiz, MYU esa ideal darajada. SHunday bo'lsa ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Bu o'yinda qatnashadigan har bir inson natija uchun javobgarlikni o'z bo'yniga olishga majbur", - dedi van Deyk.
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 21:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar