Vinisius Alonsoning "ishi"dan so'ng "Real"ni tark etmoqchi
27 okt 23:29
Yangiliklar
Vinisius Alonsoning "ishi"dan so'ng "Real"ni tark etmoqchi
Yakshanba kuni "Real" La Liganing 10-turida o'z maydonida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Vinisius 72-daqiqada almashtirildi. Braziliyalik bu qarordan norozi bo'lib, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga qo'l bermasdan, to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi, keyinchalik esa zaxira o'rindig'iga qaytib keldi. Almashtirilayotganda vinger g'azab bilan: "Men jamoadan ketaman, ketganim maqul", — degan so'zlarni takrorlagan.
As nashri malumoti bo'yicha, Vinisius o'zining jamoadagi mavqei etarlicha qadrlanmayapti deb hisoblaydi va "Real"ni tark etish haqida jiddiy o'ylayapti. Uning fikricha, Alonso unga nisbatan iliq munosabatda emas.
Shuningdek, u joriy mavsumda tez-tez almashtirilayotganidan yoki o'yinni asosiy tarkibda boshlamayotganidan norozi. Endi futbolchi, agar Alonso kelasi yozgacha bosh murabbiy bo'lib qolsa va uni Kilian Mbappeni qo'llaganidek to'liq qo'llab-quvvatlamasa, jamoani tark etish ehtimolini istisno qilmayapti. Vinisius "Real"ni tark etmoqchi emas, lekin hozirgi vaziyatga chiday olmayapti.
Malum qilinishicha, "Real" klubi Alonsoning barcha qarorlarini, jumladan kechagi almashtirishni ham qo'llab-quvvatlayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
Uzini duxtrga kursatvor tulqin a t u ..mental davron xamen bita odamsanla weklli jalapla xar xil profilda. Tema bowqa ronalduni tiqasanla autizmlar
Иккинчидан бунақа кибрли мураббийни хурмат қилмайдиганни анча мунча супер клублар олмайди.
Алонсо узича эксприментлари деб хужумдаги азартга карши тактикаси билан уйин томошабоплигига путур етказиб Куйвотди
Родриго билан Вини орасига хам адоват солиб куйиши мумкин Анчелоттидан маслахат олиб турибди деб умид киламиз
Кжч хам Алонсо деб бой берилди тактик юриши деб