So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Viloyat hokimi ishtirok etgan, yangi futbolchilar tanishtirilgan tadbirda "Andijon" jamoasi yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Viloyat hokimi ishtirok etgan, yangi futbolchilar tanishtirilgan tadbirda "Andijon" jamoasi yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o'tkazdi

Yangi mavsum starti oldidan Superliga jamoalari taqdimot marosimini o'tkazayotganidan xabaringiz bor.

Bu yil Superligaga qaytgan "Andijon" jamoasi kecha "Yoshlar markazi"da yangi futbolchilar va jamoa azolarini tanishtirdi. Unda viloyat hokimi SHuhrat Abdurahmonov, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, muxlislardan iborat fan klub azolari va yangi futbolchilar ishtirok etdi. Unda dastlab so'zga chiqqan viloyat hokimi SHuhrat Abdurahmonov jamoaga omad tilagan holda yangi mavsum boshlanayotgani bilan tabrikladi. 


Qishki transferlar oynasida jamoaga kelib qo'shilgan futbolchilarga quyidagi raqamlar berildi. 

Igor Litovka - 72

Dilshod Komilov - 4

Farhod Bekmurotov - 8

Ahtam Nazarov - 91

Levan Arveladze - 9 

Sardor Abdunabiev - 11

Sardor Azimov - 13

Nodari Kavtaradze - 88 

Bobur Farhodov - 7

Rubin Xebay - 99


Andijon viloyat hokimi SHuhrat Abdurahmonovga maxsus 10-raqamli futbolka topshirildi. 


Yaqinda yakuniga etgan Andijon viloyati hokimi kubogida zafar quchgan o'rinbosarlar jamoasi azolari ham taqdirlandi. 


Tadbir davomida jamoaning bu yilgi uy va safar liboslari ham ko'rsatib o'tildi. "Andijon" futbolchilari foydalanadigan qizil forma maxsus dizayn asosida buyurtma qilingan bo'lib, unda "Bobur Arena" joylashgan joyning tapografik xaritasi tushirilgan.  Xavo rang libosda jamoaning ramzi hisoblangan burgut tasviri joylashtirilgan. Bu haqida klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev malumot berib o'tdi. 


Tanishing "Andijon" - 2023


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика