So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  2 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  11 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Villash-Boash mavsum oxiriga qadar diskvalifikaciyaga uchradi yoxud "CHin yurtiga sayohat" Yangiliklar

Villash-Boash mavsum oxiriga qadar diskvalifikaciyaga uchradi yoxud "CHin yurtiga sayohat"

O'tgan yili o'z transferlari bilan barchani yoqa ushlashga majbur qilgan bu g'ayritabiiy chempionat haqida eng muhim voqealarni yozamiz.


Xabaringiz bor, ushbu chempionatdan endi olamshumul transferlarni kutish noo'rin. Ushbu mamlakatda mahalliy futbolchilarga yanada kengroq imkoniyat berish maqsadida xorijlik futbolchilar transferiga katta miqdorda soliq joriy etildi. Endilikda mahalliy jamoalar o'z safiga faqatgina to'rt nafar futbolchini qo'shib olish imkoniyatiga ega. SHunda ham, asosiy tarkibga ularning uch nafarigina tushishi mumkin. Qo'shimcha sifatida, ularning safida 23 yoshdan kichik mahalliy futbolchi bo'lishi lozim. Ushbu yozda Superliga jamoalari olamshumul transferlarni amalga oshirishmadi. Ruben Kastro, Rikardu Vash Te, Mario Suares kabi futbolchilar bunday statusga to'g'ri kelmaydi. Endilikda "CHin yurti" jamoalari sifatli, ammo u qadar qimmat bo'lmagan futbolchilarga etibor qaratmoqda. "Xitoylik futbolchilar tayyorgarlikka qattiq etibor berishadi. Bu erdagi limit futbolchilarni erkin bo'lishiga sabab bo'la olmaydi, huddi Rossiyada bo'lgani kabi", - deydi hamyurtimiz Odil Ahmedov. Umuman olganda, Xitoy futboli o'sishga va oldinga qadam tashlashga harakat qilmoqda. Ana endi eng qiziqarli jihatlarga etibor qaratamiz.

Eng eski mavzulardan bo'lgan hakamlik masalasi

Xitoyda Villash-Boash hakamlardan shikoyat qilishda davom etmoqda. CHempionatning 26-turida "SHanxay SIPG" jamoasi "Beyjing Goan" ustidan g'alaba qozondi. Biroq, uchrashuvdagi hakamlarning qarorlari Villash-Boashning keskin etirozlariga sabab bo'ldi. Hattoki, uchrashuvdan so'ng portugaliyalik murabbiy ularga tashlandi. Yakunda esa, mamlakat futbol Federaciyasi Odil Ahmedov ustozini 8 uchrashuvga diskvalifikaciya qildi. Endilikda Xalk, Oskar va Odil Ahmedov jamoasi chempionat so'nggiga qadar uchrashuvlarni bosh murabbiysiz o'tkazadigan bo'ldi.



Xalkda hammasi joyida

Qisqacha Xalk haqida. U SHanxayda yolg'iz emas. SHanxayga u o'zi bilan birga oilasining barcha azolari va yaqin do'stlarini olib kelgan. U o'z intervyularida "SHanxay SIPG" bilan shartnoma imzolab to'g'ri qarorga kelganini aytib keladi. Bu erda u baxtliligini uning instagram sahifasiga joylagan suratlaridan ham bilish mumkin. Futbol maydonlarida hammasi joyida, deyish mumkin. SHu vaqtga qadar, braziliyalik 24 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 13ta to'p kiritdi. Osiyo chempionlar ligasida esa turnir to'purari bo'lib turibdi va jamoasini final tomon etaklamoqda.



Xitoyda Tevesni yomon ko'rishadi

Tevesda esa aksincha. Argentinalik hujumchiga Xitoyda oson bo'lmayapti. "SHanxay SHenxua" jamoasining yangi bosh murabbiyi Vu Czinsu ortiqcha vazni sabab, Teves va jamoaning boshqa yulduzi Freddi Guarinni asosiy tarkibga kiritmayapti.

"Men natija va futbolchilar uchun javobgar sanalaman. Agar, sizlar jamoa muvaffaqiyati uchun bor imkoniyatlarni ishga solmasangiz, sizlarga jamoaning asosiy tarkibida o'rin yo'q. Men ko'plab yulduzlar bilan ishlaganman va nomlar bu erda rol o'ynamaydi", - dedi Czinsu.

Murabiyning bu gaplarida asos bordek. Karlitosning hisobida hozirgacha 2tagina gol bor (bittasi penaltidan). Bu yumshoq qilib aytganda yuqori maosh oluvchi futbolchi uchun yaxshi holat emas. Qo'shimchasiga, argentinalik bu erda muntazam ravishda jarohat olib davolanmoqda.O'z intervyularidan birida mahalliy futbolchilarning saviyasi haqida aytgan gapi esa, hammasidan oshib tushdi. Uning bu gapi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Ular Karlosga bu erga boshqa qaytmaslikni maslahat berishmoqda.



Monaxlar birinchi g'alabaga hissa qo'shishdi

"Xenan Czane" - Superliga autsayderlaridan biri sanaladi. Agar bir voqea bo'lmaganida, superligadagi bu jamoani hozir xech kim eslamayotgan bo'lar edi. Yaqinda jamoa o'z maydonida o'tgan uchrashuvda chempionatdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi va bu shunchaki sodir bo'lmadi.

Gap shundaki, "SHandon Lunen" jamoasiga qarshi uy uchrashuvining boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, stadionga 15 nafar monax taklif qilindi va ular jamoaning g'alabasiga katta hissa qo'shishdi. Qiziq tomoni, Xitoy futbol Uyushmasi buni tasdiqlamadi va jamoa g'alabani hech qanday tashqi kuchlarsiz o'z mahorati evaziga qo'lga kiritganini bildirdi.



Qo'riqchilar futbolchilarni kaltaklashdi

Yana bir g'aroyib holat. Mahalliy "Xarbin Iten" va "Yunan Liczyan" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 2-bo'limi boshlanishini muxlislar naqd 50 daqiqa kutishdi. Keyinchalik malum bo'lishicha, bunga "Xarbin" futbolchilarining stadion qo'riqchilari tomonidan kaltaklanishi sabab bo'lgan ekan. "Xarbin Iten" vakillarining bildirishicha, ular tanaffus vaqtida kiyinish xonasidagi chiroqni o'chirishganidan so'ng, xonaga o'nga yaqin qo'riqchilar kirib kelgan va futbolchilarni kaltaklashgan. "Yunan Liczyan" jamoasi esa bu vaqtda hakamlardan norozi bo'lib, ularning xonasiga bostirib kirmoqchi bo'lishgan ekan. Jamoa azolarining fikricha, qo'riqchilar bu borada mehmonlarga halaqit berib qolishgan ekan. Qiziqarli tomoni, "Xarbin Iten" jamoasi vakillari 2-bo'limda kaltakdan so'ng, qontalash bo'lgan azolarini ko'rsatishmagan. Bundan ko'rinib turibdi-ki, bu yurtda hamma futbolchilar ham simulyant emas.


championat.com saytidan Maqsud Yahyoev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика