Viktor Kumikov: "Faqat birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim"
22 avg 2022 20:06
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Faqat birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim"
O'yin haqida
- Birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim. Ikkinchi bo'limda vaziyat o'zgarib ketdi. Ochig'i, yigitlarga nima bo'lganini ham tushunmay qoldim. Oldida Superliga yo'llanmasi vazifasi turgan jamoaga bunday o'ynash yarashmaydi.
- Birinchi bo'limdan ikkinchi bo'limning farqi qilishini qanday izohlaysiz?
- Tanaffus jamoamizga salbiy tasir ko'rsatdi. Bu menimcha ruhiyat bilan bog'liq. Yigitlar ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berilishdi.
- Bugungi o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?
- Men faqat birinchi bo'limdan qoniqdim. Birinchi bo'limda hammasi yaxshi chiqdi, yigitlar hujumlar va standart vaziyatlarda alo darajada harakat qilishdi.
- Kubok uchrashuvlaridagi maqsad qanday?
- Bugun navbatdagi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Qura natijasiga qaraymiz. Bizda maqsad har doim oldinga intilish, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar