Viktor Kumikov: "Barchaga o'ynash imkoniyatini berdik"
25 iyu 2022 12:10
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Barchaga o'ynash imkoniyatini berdik"
“Andijon” – “Qizilqum” (3:2) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Mazkur nazorat uchrashuvida birinchi navbatda o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun barchaga o'ynash imkoniyatini berdik. Vazifani to'liq bajardik. G'alabaga bo'lgan hissiyotimiz bizga yutuq olib keldi.
“Qizilqum” haqida gapiradigan bo'lsam, Superliga jamoasi o'z oldiga sovrindor bo'lishni maqsad qilgan. Yaxshi raqib. Ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Faqat biz yuzaga keltirgan imkoniyatlardan foydalandik.
Selekciya ishlaridagi rejalarimiz xususida gapirsam, agar bizning futbolchilarimizdan yuqori saviyadagi ijrochi bo'lsa, taklif qilamiz. SHunchaki, oddiy o'yinchilarni olmaymiz. Hozircha Suhrob Berdiev jamoamiz azosiga aylandi”, - dedi Kumikov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar