So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  16 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Viktor Kumikov: "AGMK "Paxtakor"dan cho'chib maydonga tushdimi yoki bu tug'ma qo'rqoqlikmi, ochig'i bilmadim" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "AGMK "Paxtakor"dan cho'chib maydonga tushdimi yoki bu tug'ma qo'rqoqlikmi, ochig'i bilmadim"

Teglar :  Viktor KumikovAGMK
Superliganing 3-tur doirasidagi "Paxtakor" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

- Uchrashuvni dastlabki daqiqalaridanoq o'yinni yutqazib qo'ydik. Bahsni juda yuo'sh va ishonchsiz boshladik. Jamoa "Paxtakor"dan cho'chib maydonga tushdimi yoki bu tug'ma qo'rqoqlikmi, ochig'i bilmadim. Umuman olganda o'yin bobida biz raqibdan kuchsiz ko'rinmadik. SHunchaki bizning va "Paxtakor"ning o'yin uslubi farq qiladi. Bellashuv davomida etarlicha vaziyatlar yaratildi, ammo gol ura olmadik.  Futbolda ko'proq yoki xavfliroq hujum tashkillashtirgan jamoa emas, balki ko'proq gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Agarda biz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirganimizda, unda kamida mag'lubiyatga uchramasdik.

- AGMK professional futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Qanday qilib "Paxtakor"dan cho'chib futbol o'ynashi mumkin? Bu nima degan gap...
- Men ham bilmayman. Jarima maydonchamiz oldidagi sanoqsiz xatolarni boshqacha tarif bilan tushuntira olmayman. Gollar ham noaniq uzatmalardan keyin vujudga keldi. Men ham bu professional futbolchilar nega "Paxtakor" qarshisida qaltirab o'ynashlarini tushunmayapman. Mana oldimda o'tirgan Abduqahhor Xojiakbarovdan so'rang buni.

- Abdumalik Abdullaev o'yin oxirida jamoaga 1 ochko olib kelishi mumkin bo'lgan golni urolmadi. Bu hujumchi avvalgi jamoalarida ham aynan shu kabi qulay vaziyatlarni ko'kka sovurishi bilan tanilgandi. Ushbu futbolchini jamoaga olib kelishdan oldin uni yaxshi o'rgangan edizmi?
- Birinchidan Abdumalik Abdullaev asosiy tarkib futbolchisi emas. U zaxira hujumchimiz. Agarda uchrashuv so'nggida hujumchi gol urib, bizga muhim 1 ochkoni olib kelganida hozir umuman boshqacha gapirayotgan bo'lardingiz. Ha, unda kamchiliklar bor. Biz mashg'ulotlarda aynan shu kamchilik va xatolar ustida ishlayapmiz. Bir narsani to'g'ri tushuning, bizda moliyaviy imkoniyatlar u qadar katta emas. Biz jamoaga o'zimiz istagan futbolchilarni jalb eta olmaymiz. Abdumalik Abdullaevga mashg'ulotlarda gol urishni o'rgatamiz. Boshqa chora yo'q. CHunki biz top klub emas. Jamoadagi futbolchilarni maoshlari ham yuqori emas. SHu boisdan ham chempionatdagi eng yaxshi futbolchilar bizni emas, kuchliroq jamoalarni tanlashni maqul ko'rishadi.


Matbuot anjumanida uchrashuvda AGMKning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan himoyachi Abduqahhor Xojiakbarov ham qatnashdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ko'plab tomoshabinlar qarshisida yaxshi futbol guvohiga aylandik. Himoyada yo'l qo'yilgan ikkita xato yakunda bizga qimmatga tushdi. Hujumda esa vaziyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Keyingi bahslarda muxlislarimiz va murabbiylarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi AGMK qanot himoyachisi Abduqahhor Xojiakbarov. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика