So’nggi yangiliklar

22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  16 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   1 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  3 21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  10 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  175 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  2 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  11

Viktor Karpenko: "Jamoamiz ko'rsatgan o'yin menga yoqdi" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Jamoamiz ko'rsatgan o'yin menga yoqdi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan AGMK – "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Karpenko matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Ko'rgan bo'lsangiz, uchrashuv davomida jamoalarda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Ochig'ini aytaman, bugun jamoamiz ko'rsatgan o'yin menga yoqdi. Futbol o'ynash uchun qulay vaqt, ob-havo ham ko'ngildagidek edi. Muxlislar futbolning jozibadorligini yanada oshiradi deb o'ylayman. Yigitlar juda yaxshi o'yin namoyish etib berishdi.

Natija uchun intilish, kurashish bu juda yaxshi xolat. Futbolda harakat qilmasdan natijaga erishish qiyin. 

Sultonov va Rahmonaliev maydonga tushmagani jamoamiz uchun yo'qotish hisoblanadi. Kim o'yinga to'liq tayyor ekanligidan kelib chiqib tarkib tanladim. Har bir futbolchining maydondagi vazifasi haqida alohida tushuntirishlar olib bordik. 

Rahbariyat bizga kurashuvchan xarakterga ega jamoa shakllantirish vazifasini qo'ygan. 

Markazda muammolarimiz bor edi, imkon boricha yo'qotishlar o'rnini munosib futbolchilar bilan to'ldirishga harakat qildik.

Bosh murabbiy sifatida Qosimov va AGMKga qarshi o'yin? Ha, bu murabbiy uchun faxr va kishini g'ururlantirmasdan qolmaydi. AGMK kuchli jamoa va har doim o'z oldiga yuqori natijalarni maqsad qilgan. Ularga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman", – dedi Karpenko.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика