So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

Vetnamdagi musobaqaga 6 nafar yoshi katta futbolchi olib ketilmoqda Yangiliklar

Vetnamdagi musobaqaga 6 nafar yoshi katta futbolchi olib ketilmoqda

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida biroz oldin xabar chiqdi.

O'FA rasmiy saytida shunday yozilgan: "Bugun 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamda tashkil etilayotgan xalqaro musobaqaga jo'nab ketmoqda.

Ravshan Xaydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo'ladigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi sababli Vetnamdagi musobaqaga terma jamoamizni katta murabbiy Sunnatilla Abdurasulov olib boradi. 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlarining saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoaga ushbu ikki terma jamoadan nomzodlar tanlab olinadi".


Demak, Vetnamdagi musobaqada 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz ishtirok etadi. Ushbu futbolchilar orasidan 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlari saralashida ishtirok etadiganlar saralab olinishi lozim.

Endi Vetnamga ketayotgan tarkibga va futbolchilarning tug'ilgan yillariga etibor qilamiz:


Hamroev Dilshod - 1995
Karimov Sarvar - 1996

Himoyachilar:
Alijonov Ilhom - 1998
Abdullaev Ibrohim - 1996
Ismoilov Ergash - 1995
Hoshimov Doniyor - 1998
Nasrullaev SHerzod - 1998
Rustamov Oybek - 1997

Yarim himoyachilar:
Ismoilov Abrorbek - 1998
Qodirqulov Sanjar - 1997
Azimov Sardor - 1995
Nurulloev Suhrob - 1998
Ahmadov Jahongir - 1998
To'xtasinov Nurillo - 1997
Ikromov Farruh - 1998
Abdullaev Abdulla - 1997
Yo'ldoshev Ibrohim - 1999
Amonov Azizbek - 1997

Hujumchilar:
Xolto'raev Jasur - 1997
To'raev Akobir - 1996

Maqsad Tokiodagi Olimpiada o'yinlari saralashida ishtirok etuvchi futbolchilarni saralab olish ekan nima uchun 1995 va 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtoqlik maqomidagi xalqaro turnirga olib ketilmoqda? Ro'yxatdagi yoshi katta futbolchilarga hech qanday g'arazligim yo'q, ko'pini juda yaqindan taniyman. Lekin bunday turdagi musobaqalarda natija birinchi o'ringa chiqmasligi shart. SHu bois imkon qadar 1997 va undan keyin tug'ilgan futbolchilarni mana shunday musobaqalarga olib borib ularga qo'shimcha tajriba va ishonch berish kerak deb hisoblayman.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика