So’nggi yangiliklar

11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  0 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  0 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  3 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  11 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  6 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  21 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0

Vetnam U-23 bosh murabbiyi Gun O-Gyun: "G'alaba qozonishni Koreyadan ko'ra ko'proq xohlagandik" Yangiliklar

Vetnam U-23 bosh murabbiyi Gun O-Gyun: "G'alaba qozonishni Koreyadan ko'ra ko'proq xohlagandik"

U-23 Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Vetnam U-23 va Koreya Respublikasi U-23 o'rtasigi uchrashuvda durang (1:1) qayd etildi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Vetnam U-23 bosh murabbiyi Gun O-Gyun qatnashdi. 

- O'yin haqidagi fikrlaringiz

- Durang natija qayd etilganiga qaramay, menga o'yin yoqdi. Futbolchilarimga rahmat. Muxlislardan esa uzr so'rayman. Vetnam musobaqaga etarlicha tayyorgarlik ko'rmadi. SHunga qaramay, yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz. Muxlislardan aynan shuning uchun uzr so'radim. 

- Durang natija qayd etilishini o'yindan oldin kutganmidingiz?

- Yo'q, kutmagandim. Umuman olganda, barcha o'yin durangdan boshlanadi. Biz Koreya bilan durang o'ynashimiz kerak emasdi. Men g'alaba qozonishimiz kerakligini takidlab kelgandim. 

- Durangdan qoniqmadim dedingiz. Ammo Koreya musobaqagi eng kuchli jamoalardan biri…

- O'yin tugagach hech kim o'zini kuchliroq deb his qilmadi. Koreya kuchli va tajribali jamoa. Ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Ammo biz ham ulardan yomon o'yin ko'rsatmadik. G'alaba qozonishni biz ko'proq xohladik. 

- Koreya kuchli jamoa. Ammo Vetnam yaxshiroq o'ynadi. Sizlardagi ishonch qachon paydo bo'ldi? 

- Mashg'ulotlardayoq o'yinchilarimda ishonch yuqori edi. Men shunchaki kerakli ko'rsatmalarni berdim. Bugun ulardagi ishonchni ko'rib, o'zim ham biroz ajablandim.

- Malayziyaga qarshi bo'ladigan hal qiluvchi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rasizlar?

- Futbolchilarim birinchi o'yindayoq musobaqaga, iqlimga moslashib olishgandi. Bugun tarkibda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdim. Keyingi o'yinga tayyormiz. Bizning futbolchilar judp kuchli. Ularda qayta tiklanish jarayoni tez kechadi

- Pan Tuan Tai juda kuchli o'yin ko'rsatmoqda. Uchinchi uchrashuvda raqib aynan uni zararsizlantirishga urinmaydimi? Nima deb o'ylaysiz?

- Bizda kuchli o'yinchilar ko'p. Tai ham shu kabi o'yinchilardan biri. Birinchi o'yinda barcha futbolchilar kuchli o'yin ko'rsatishdi. Bu esa menga yoqdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика