Vesko Steshivich: "Birinchi bo'limda yana bitta gol urganimizda, g'alaba bizniki bo'lardi"
28 mar 2024 23:10
Yangiliklar
Vesko Steshivich: "Birinchi bo'limda yana bitta gol urganimizda, g'alaba bizniki bo'lardi"
- O'yin haqida...
- Birinchi bo'limda yomon o'yin o'tkazmadik. Yana bir gol urganimizda, masala hal bo'lardi. Ikkinchi bo'limning dastlabki o'n daqiqasidan so'ng tashabbusni qo'ldan chiqardik. Darvozamizga penalti belgilangunga qadar "Dinamo" kuchli o'yin namoyish etdi. Agar penalti bo'lmaganda o'yin boshqacha yakunlanishi mumkin edi. CHetlatish hamda goldan so'ng raqib to'p nazoratini qo'lga oldi. Afsuski, biz mezbonlarning hujumlariga dosh bera olmadik va so'nggi daqiqalarda o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Bu holat joriy yilda ilk marotaba sodir bo'ldi.
- "Dinamo" goliga qadar "Metallurg"da ko'plab vaziyatlar sodir bo'ldi, biroq unumli foydalana olmadi. Nega shogirdlaringiz bo'shashib qoldi?
- Men unday o'ylamayman. To'g'ri, bazi vaziyatlarda yaxshi o'ynay olmadik, shu bois boshqa gol ura olmadik.
- O'rinboevning yo'qligi nima bilan bog'liq?
- Zabihillo dekabrda operaciyani boshdan kechirgan. Uning qaytishiga bir necha oy bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar