So’nggi yangiliklar

08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  15 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  5 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1

Vesko Steshevich: "Metallurg" eng yomon o'yinini o'tkazdi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Metallurg" eng yomon o'yinini o'tkazdi"

Coca Cola Superligasi 23-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich fikrlarini bildirdi.



- Ilk navbatda "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman, ular bunga loyiq edi. Bugun biz har tomonlama mag'lub bo'ldik. Bu ushbu mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'lsa kerak. Bahsni juda yomon boshladik. Ammo o'yin davomida asta-sekinlik bilan o'zgartirishlar kiritishga intildik, biroq bu amalga oshmadi. Albatta, bahona qilmoqchi emasman, biroq SHoyqulovning yo'qligi tasirini o'tkazdi. SHuningdek, O'rinboev maydonni tark etgani ham bizga katta tasir qildi. Ushbu futbolchilar biz uchun juda muhim. Lekin jamoa bir yoki ikki futbolchiga bog'lanib qolishi - juda yomon. Ayrim futbolchilar o'zlarini ko'rsatish uchun harakat qilgan bo'lishlari mumkin, biroq umuman olganda biz juda-juda yomon o'ynadik. CHunki ko'plab futbolchilar o'zlarining darajasidan pastroq harakat qilishdi. SHu sababli "Nasaf"ning g'alabasini adolatli deb hisoblayman va ular yanada yirikroq hisobda g'alaba qilishlari mumkin bo'lgandi deb o'ylayman.

- O'rinboevning jarohati jiddiy emasmi?

- Ertaga uni tibbiy tekshiruvlardan o'tkazamiz. Umid qilamanki, jarohat jiddiy emas. Albatta, biroz qo'rqinchli holat, lekin barchasi yaxshi bo'lishiga ishonamiz.

- "Metallurg" oldingilariga qaraganda kuchsizroq o'ynadi.

- Aytganimdek, ayrim futbolchilarimning yo'qligi, O'rinboevning jarohat olishi tasir qildi. Bazi futbolchilarning bugungi o'yinlari umuman yoqmadi. Barchasini taxlil qilib chiqamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика