So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Vesko Steshevich: "Ikkinchi davrada bizga qarshi o'yinlarda raqiblarga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Ikkinchi davrada bizga qarshi o'yinlarda raqiblarga oson bo'lmaydi"

Coca Cola Superligasi 15-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Raqiblar o'yinni yaxshi boshlashdi. Biroq gol o'tkazib yuborgandan keyin barcha ishni boshidan boshladik. O'tkazib yuborilgan goldan keyin etiborni biroz yo'qotdik. CHunki o'rtada qizil kartochkali vaziyat bo'ldi. Unga ham rejani o'zgartirishimiz kerak edi. Bu jarayon juda uzoq kechdi va yigitlarning koncentraciyasiga jiddiy tasir o'tkazdi. Standartdan gol o'tkazib yuborganimizdan keyin, o'yinni o'z tomonimizga og'dirib oldik. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. Ammo hisobni tenglashtira olmadik. Vaziyatlar bo'ldi. SHaxzod G'ofurbekov yaxshi imkoniyatni golga aylantira olmadi. Biroq shunda ham kuchli raqib fonida yomon ko'ringanimiz yo'q. Ikkinchi bo'limni yaxshiroq boshladik va raqiblarga bosim o'tkazdik. Raqiblarda chempion tarkib bor, lekin o'yin bobida ulardan qolishganimiz yo'q. Bu 90 daqiqa mobaynida munosib kurashgan futbolchilarim uchun katta maqtov. So'nggi daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdik. Bu orqali bemalol futbolchilarimni maqtasam bo'ladi. O'yin bobida ham bir ochkoga munosib edik. Raqiblarni ham tabriklayman, ularning tarkibida sifatli futbolchilar juda ko'p. Ular o'z oldiga qo'yilgan maqsad uchun oxirigacha kurashishadi. 

- SHaxzod Nematjonovni birinchi bo'limda almashtirishdan maqsad nima edi?

- Sababi jarohat. U jahon chempionatida orttirib olgan jarohatini qaytalab oldi. Jiddiy emasmi? Bilmasam. Hali ham yakuniy hulosani kutyapmiz. Agarda u rostdan ham eski jarohatini qaytalab olgan bo'lsa, bu jiddiy bo'lishi mumkin. 

- Yo'qotilgan bu ochko "Navbahor" uchun chempionlik kurashida katta tasir o'tkazishi mumkin. O'z navbatida "Metallurg" chempionlikka kurashayotgan "Paxtakor", "Nasaf" yoki boshqalardan ham ochko tortib olishi mumkinmi?

- "Paxtakor", "Nasaf" yoki "Neftchi"ning yuqori o'rinlar uchun kurashayotgani yaxshi holat. To'g'risini aytsam, buni kuzatmayman. Etiborni o'z jamoamga qaratganman. Qaysi o'yinlarda ochko ololishimizni ko'ryapman. "Navbahor"dan olingan ochko esa oltinga teng. Agarda imkoniyat bo'lsa, balki, ochko olarmiz, bunga urinib ko'ramiz ham. Biz bilan o'yinda hech kimga oson bo'lmaydi. Biz bugun qanday o'zimizni ko'rsatgan bo'lsak, shunday o'ynaymiz. 

- Jamoaga kelib qo'shilgan ikki nafar eronlik futbolchining holati qanday? Ularning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Bizda jamoa bor va ularning bugungi o'yinidan barchamiz qoniqdik. Biz barchamiz bir oilamiz va bir-birimizdan mamnunmiz. Bugun yangilarga qiyin bo'ldi. Ular birinchi marta jamoada o'ynashdi. Bu ham oson emas, uzoq vaqt shug'ullanishmagan. Ularda may oyida mavsum tugagan. Bu erga ularning biri kasal bo'lib keldi, ikkinchisi esa kechroq keldi.

- Bektemir Abdumannonov va Muhammadaziz Ibrohimovning qaydnomada bo'lmagani haqida nima deysiz.

- Qaydnomada bo'lmasa ham ular jamoada. Barchasini nazorat qilyapmiz va o'yinga kerakli futbolchilarni qaydnomaga kiritamiz. Yigitlarga aytganman, qaydnomaga kirmasa ham, ular barchasini tushunishi kerak. CHunki barchasi raqibning o'yin uslubiga bog'liq.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика