Vesko Steshevich: "CHempionatning bu davrida 4 ta bahsda 10 ochko to'plash katta mashaqqat talab qiladi"
05 okt 2023 23:21
Yangiliklar
Vesko Steshevich: "CHempionatning bu davrida 4 ta bahsda 10 ochko to'plash katta mashaqqat talab qiladi"
"Turon" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa ustozi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz...
- Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchisida "Turon" yaxshi harakat qildi va gol bo'lishi vaqt masalasi edi. Bu jarayon sodir bo'ldi. Biroq ikkinchi taymda hammasi o'zgardi. Yigitlarni tabrikladim. So'nggi 4 ta o'yinda 10 ochko to'pladik.

- Bugungi bahsda "Metallurg" durangga rozidek o'ynadi...
- G'alaba qozonishni istagandik, birinchi bo'limda Ortiqov bizni goldan qutqardi. Ko'pchilik g'alabani kutgandi. CHempionatning bu davrida 4 ta bahsda 10 ochko to'plash katta mashaqqat talab qiladi.
- Ivan Yosovich anchadan beri maydonga tushmayapti. U qachon safga qaytadi?
- Unda jarohat bor, kichik tanaffusdan so'ng safga qaytadi, deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar