Venger jarimaga tortilishi mumkin
05 jan 2018 01:33
Yangiliklar
Venger jarimaga tortilishi mumkin
Angliya futbol associaciyasi Arsen Vengerdan “CHelsi”ga (2:2) qarshi bahsdan keyin hakamlar haqida bildirgan fikrlari uchun tushuntirish talab qilgan.
Franciyalik mutaxassis ilgari ham shu kabi keskin fikrlari bois AFA tomonidan etirozga uchragan edi.
“CHelsi”ga qarshi bahs oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Venger jamoasining “Vest Bromvich”ga qarshi uchrashuvini boshqargan Mayk Din haqida gapirib, o'yin oxirida “to'pchilar” darvozasiga belgilangan penaltini hakam “nimani istasa, shuni ko'rdi” deya baholagandi.
“CHelsi”ga qarshi bahsdan keyin Venger Azarga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini “masxarabozlik” deya atadi.
Ushbu so'zlari blis Venger uzoq muddatli diskvalifikaciya qo'llanilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, “CHelsi”- “Arsenal” uchrashuvini Entoni Teylor boshqarib borgandi.
Fikrlar