Varan: "Agar "Oltin to'p"ni menga berishmasa xafa bo'lmayman"
06 sen 2018 15:03
Yangiliklar
Varan: "Agar "Oltin to'p"ni menga berishmasa xafa bo'lmayman"
"Real" va Franciya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan o'zining "Oltin to'p"ga davogarlar safida ekanligi haqida fikr bildirdi.
"Men "Oltin to'p" uchun nomzodlar safidamanmi? Xursandman, nega bu haqida menga aytmadingiz, ammo bu jamoa uchun muhokama qiladigan mavzu emas. Bu individual sovrin, futbol esa - jamoaviy sport turi. Albatta, bu mehnatingiz samarasi, biroq faqat bir o'zingizniki.
"Oltin to'p" mening asosiy maqsadim emas va uning menga berishmasa xafa bo'lmayman. O'tgan mavsum haqiqatdan ham o'zgacha o'tdi. Agar 40ta gol urmasam, avvalgi mavsumdan yaxshiroq o'yin ko'rsatishim qiyin. Kante yoki Pogba kabi futbolchilar kam esga olinadi, ammo ular ham katta muvaffaqiyatlarga erishishdi" - deydi Varan.
Varan 2018 yilda "Real" bilan ketma-ket uchinchi marta CHempionlar ligasida g'olib chiqdi. U Franciya terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi.
Fikrlar