Van Gal: "Liverpul" jamoa sifatida "Siti" va "Barselona"dan kuchli"
27 mar 2019 14:03
Yangiliklar
Van Gal: "Liverpul" jamoa sifatida "Siti" va "Barselona"dan kuchli"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal CHempionlar ligasi joriy mavsumidagi etakchilar kuchiga baho berdi.
"Ko'pchilikning fikricha, hozir "Barselona" hammadan kuchliroq, ammo bunday emas. "Manchester Siti" va "Liverpul"da jamoa kuchliroq. Bu jabhada "Liverpul" "Siti"dan ustun.
Menimcha, CHempionlar ligasini eng yaxshi jamoa yutishi kerak, ammo "Siti"ning g'alabasiga umid qilaman, chunki ular qolganlardan yaxshiroq o'yin namoyish etmoqda" - deydi van Gal.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar ligasi chorak finalida quyidagi jamoalar o'zaro bahs yuritishadi:
"Ayaks" - "Yuventus"
"Liverpul" - "Portu"
"Tottenxem" - "Manchester Siti"
"Manchester Yunayted" - "Barselona"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar