So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Van der Vart: “O'shanda Rossiyaga omad kulib boqqandi, Arshavin esa Messiga aylanib qolgandi...” Yangiliklar

Van der Vart: “O'shanda Rossiyaga omad kulib boqqandi, Arshavin esa Messiga aylanib qolgandi...”

Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael van der Vart Evro-2008 musobaqasida Rossiyaga (1:3) qarshi bahsni yodga oldi.

“O'sha bellashuv natijasi hafsalamizni pir qilgandi. Guruh bosqichida biz eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatgandik. Italiya va Franciyani er tishlatib, Ruminiyani ham ochkosiz qoldirgandik.  Bizning yagona yomon o'yinmiz Rossiyaga qarshi kechgandi. Ruslar ham u darajada yaxshi o'yin ko'rsatmagandi. Bazida keyingi bosqichga chiqishing uchun biroz omad ham kerak bo'ladi.

O'sha oqshom yodimda: havo haroati 40 daraja atrofida edi. O'yin oxirida vaziyatni tenglashtirgandik va qo'shimcha vaqtlar o'ynaldi. Rossiya termasi chaqmoq singari edi: ular bu bahsga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishgandi va g'alabaga erishishgandi. Ularning tarkibida Arshavin to'p tepardi va u eng asosiy figura edi.  U xuddi Messi kabi judayam tezkor edi. Qolaversa, qo'shimcha daqiqalarda ham u xuddi yangi maydonga tushgandek harakat qilayotgandi. Uning qo'shimcha vaqtlardagi golli uzatmasi hamon yodimda...

Biz o'sha vaqtda dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri edik. Ruslarga shunchaki omad kulib boqqandi. 

JCH-2010 musobaqasida esa xuddi shunday vaziyatda, Braziliyaga qarshi bahsda omad bizga kulib boqqandi.  Braziliyaliklar bizdan yaxshiroq formada edi. Yaxshiyamki 50-daqiqaga atigi bir to'p farqi bilan ortda borayotgandik. Keyin Snayder boshi bilan gol urdi. Bosh bilan! Uning bo'yi mening yarimimcha keladi (kulib). Bungacha u umuman boshi bilan gol urmagan bo'lsa kerak. Bazida mana shunday mayda detallar o'yin taqdirini hal qiladi va sen keyingi bosqichga yo'l olasan”, dedi Van der Vart.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика