Valverde uchinchi marta "Atletik" boshqaruviga keladi
26 iyu 2022 11:27
Yangiliklar
Valverde uchinchi marta "Atletik" boshqaruviga keladi
"Valensiya" va "Barselona" kabi jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletik" boshqaruvini qo'liga oladi.
58 yoshli mutaxassisning jamoaga qaytishini klub prezidenti Jon Urriate istamoqda. Bunga qadar Valverde 2003-2005 va 2013-2017 yillar davomida "Atletik" bosh murabbiyi bo'lgan.
Oldinroq o'z intervyusida Marselo Belsa jamoa boshqaruviga kelishi mumkinligini aytgandi. Biroq buning uchun klub prezidentligi saylovida Inyaki Arechabeleta yutishi kerak edi.
Valverdening so'nggi ish joyi "Barselona" bo'lgan, u erda mutaxassis 2017-2020 yillar davomida ishlagandi. O'tgan mavsumda jamoa Ispaniya Superkubogini yutgan bo'lsa-da, evrokuboklarga yo'llanma ololmagani uchun bosh murabbiy Marselino ishdan ketgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar