Valverde LaLiga o'yinlari AQSHda o'tishi borasida fikr bildirdi
18 avg 2018 12:43
Yangiliklar
Valverde LaLiga o'yinlari AQSHda o'tishi borasida fikr bildirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Alaves"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 1-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Alaves" bizning stadionimizda yaxshi o'ynaydi. Ular "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub etgan so'nggi jamoa. Abelardo "Alaves"ga kelganidan so'ng, jamoa o'z uslubiga ega bo'ldi va ajoyib futbol namoyish etmoqda".
Ko'k-anorranglilar ustozi transfer oynasi haqida o'ylari bilan bo'lishdi.
"Mavsum davomida kurash olib borish uchun bizda futbolchi etarli. Transfer oynasi yopilmaguncha biror narsa deyish qiyin. Jamoamizda kuchli futbolchilar bor va bundan xursandman".
Oldinroq, LaLiganing bazi o'yinlari 15 yil davomida AQSH va Kanadada o'tishi elon qilingan edi.
"Hozircha bu juda g'alati eshitilmoqda. Ispaniya Superkubogi uchun bahs chet elda bo'lishi ham boshida shunday tuyulgan edi" - deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar