Valverde kelajakda "Real Madrid" sardori bo'lishni xohlayapti
08 fev 2023 22:24
Yangiliklar
Valverde kelajakda "Real Madrid" sardori bo'lishni xohlayapti
"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde kelajakda jamoa sardori bo'lishni orzu qilmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, yaqin yillarda urugvaylik futbolchi "qirollik klubi"ning yangi sardori bo'lmoqchi.
"Real Madrid" rahbariyati Valverdeni kelajakda ham asosiy o'yinchilardan biri sifatida ko'rmoqda, shu bois urugvaylik yarim himoyachi yoshi katta futbolchilar jamoadan ketganidan keyin sardorlik bog'ichini olishi mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Federiko Ispaniya chempionatida 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'z rekordini yangiladi.
Yangi yilda Valverde biroz tanazzulga yuz tutdi. Futbolchi hisobiga so'nggi 10 ta o'yinda birorta ham samarali harakat kuzatilmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar