Vali Keldiev: "Nurafshon"ni safarda 10 kishi bo'lib mag'lub etishni barcha jamoa ham uddalay olmaydi"
21 avg 2018 23:01
Yangiliklar
Vali Keldiev: "Nurafshon"ni safarda 10 kishi bo'lib mag'lub etishni barcha jamoa ham uddalay olmaydi"
O'zbekiston Pro-ligasining 22-turi doirasida "Nurafshon" (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Zomin" bosh murabbiyi Vali Keldiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ikki hil bo'limning guvohiga aylandik. Birinchi taymda mezbonlarning katta ustunligini ko'rdik. Ikkinchi bo'limda esa yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Nurafshon" ham yaxshi jamoa ekan, to'pni o'zida ushlab turishni uddaladi. Ammo biz kabi ko'plab vaziyatlar yarata olmadi.
Bir kishi kam bo'lib qolganimiz o'z foydasini berdi. Futbolchilar masuliyatni ikki karra oshirishdi va o'z maqsadimizga etdik. "Nurafshon"ni safarda 10 kishi bo'lib mag'lub etishni barcha jamoa ham uddalay olmaydi", - dedi Vali Keldiev.
Fikrlar