So’nggi yangiliklar

12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  0 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  0 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  0 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  3 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1

Vali Keldiev: "Mirjalolni muxlislar oldida yuzi yorug' bo'lishini xohlardim" Yangiliklar

Vali Keldiev: "Mirjalolni muxlislar oldida yuzi yorug' bo'lishini xohlardim"

Milliy terma jamoamizning Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvidan oldin mutaxasislar fikrini berishni davom ettirgan xolda, bu borada navbatni taniqli sobiq futbolchi, bugungi kunda "Mashal" yoshlar jamoasi ustozi sifatida ishlab kelayotgan Vali Keldievga berdik.
- To'g'risi, bir  nima deyishga ham hayronman. Internet saytlarida milliy terma jamoa haqida yozilgan xabarlarning barisida muxlislar qoldirayotgan fikrlar salbiy bo'lmoqda. Ko'pchilik Temur Kapadze va Server Jeparov singari o'yinchilardan voz kechish kerakligini bot-bot aytib kelmoqda. Xo'sh, ular yo'q bo'lsa, yoshlar kimlardan o'rganadi. O'sha Kapadze va Jeparov o'z vaqtida milliy terma jamoaga ko'p foydasi tekkan va bugungi kunda ham ularning tajribasi asqotib kelmoqda. Yoshi o'tdi deya, shoshilinch qaror chiqarmasdan, ularni ham taklif etib turish kerak. Ayrim muxlislar tushunib-tushunmasdan o'z fikrini o'tkazishga urinadi.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni ham tanqid qilishni to'xtatishmayapti. Bilsangiz kerak, Jalol o'z vaqtida futbolchi sifatida terma jamoamiz uchun qanday foydali gollarni urgan. O'z vaqtida bugun Qosimov maydonga tusharmikin deb hayajonda o'tirgan muxlislar bugungi kunga kelib, uni tanqid ostiga olmoqda. Bunday bosimda ishlash har qanday kishiga og'ir. Murabbiy ham qo'ldan kelganicha ishlamoqda. Qaysi murabbiy yutqazishni istaydi. Boz ustiga bu milliy terma jamoa bo'lsa. Oxirgi yillarda terma jamoaga chaqirilmagan o'yinchi qolmadi hisob. Qanchadan qancha yigitlarni taklif etib, sinovdan o'tkazdi. Ayrim ishqibozlar falonchini chaqirish kerak, mana buni olish kerak, deb jar solmoqda. Qosimov futbol sohasiga endi kirib qolgan emas. Kimni taklif etishni murabbiy hammadan yaxshi biladi. Maktabda ham ona tili fani bilan matematikani farqi bo'lgani kabi, klub bilan terma jamoadagi saviya umuman farq qiladi. Jamoasida tinmay gol urib kelayotgan o'yinchi terma jamoaga kelganida o'zini ko'rsata olmasligi mumkin. SHunga ham etibor berish kerak. Demoqchimanki, tanqid qilishdan oldin uning ijobiy va salbiy tomonlarini ham o'ylash lozim.

- Bugun milliy terma jamoamizdan yaxshi natija kutib qolaman. Muxlislarni quvontiradigan o'yin bo'lishini istardim. Qolaversa Mirjalolni ham xalq oldida yuzi yorug' bo'lishini tilayman. Unga hozir oson emas. Nasib qilsa bugun xursandchilik bo'ladi. Qanday hisob bo'lishini esa tahmin qila olmayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика