So’nggi yangiliklar

14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0

Valentin Karboni: "O'zbekistondan shunday o'yin kutgandik" Yangiliklar

Valentin Karboni: "O'zbekistondan shunday o'yin kutgandik"

U-20 jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan Argentina U-20 - O'zbekiston U-20 uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Valentin Karboni mikst-zonada intervyu berdi.

"Bugungi g'alabadan xursandmiz. Ushbu seriya davom etishi kerak, bu hali boshlanishi. Menga o'yinimiz yoqdi, biz jamoaviy harakat qila oldik. Lekin to'g'rilashimiz kerak bo'lgan kamchiliklarimiz ko'p. Jahon chempionatining dastlabki o'yinida jamoa muxlislarining qo'llab-quvvatlovi ostida g'alaba qozonish yoqimli tuyg'u sanaladi. 

O'zbekiston juda qiyin raqib edi. Biz ulardan shunday o'yinni kutgandik. Raqibning yaxshi o'yin namoyish etishini oldindan bilardik. Baxtimizga hisobda ortda qola turib, natijada tezda o'zgartira oldik. Bu bizni biroz tinchlantirdi va o'yinni nazorat qilishimiz uchun xotirjamlik taqdim etdi. Bazi vaziyatlarda yaxshi harakat qildik, bazilarida qiyinchilikka duch keldik. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz. 

G'alabani menga hamroh bo'lgan va stadiondan turib qo'llab-quvvatlagan otam, onam, singlim, shuningdek, Evropadan etib kela olmagan ikki aka-ukamga bag'ishlayman", dedi "Inter" hujumchisi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика