So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

"Valensiya"ni Ruben Baraxa qutqaradi. Prezident Lim shunday qilib muxlislarni tinchlantirishga urinmoqda (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Valensiya"ni Ruben Baraxa qutqaradi. Prezident Lim shunday qilib muxlislarni tinchlantirishga urinmoqda (mutolaa uchun)

Yangi bob.

"Valensiya" yangi murabbiy nomini elon qildi – jamoani pastlikdan olib chiqish 47 yoshli Ruben Baraxaga ishonib topshirildi.

Bu o'zgacha murabbiy tayinlanishi.

Ruben shunchaki navbatdagi murabbiy emas, balki navbatdagi afsonadir. Ispan jamoada 10 yil o'ynadi, Rafa Benites qo'l ostida ikki bor chempionlikni qo'lga kiritdi, Ispaniya kubogi, UEFA kubogi, Evropa superkubogini yutdi va CHempionlar ligasi finaliga qadar chiqdi.

"Bolaligimdan "Valensiya" bilan yashayman. Ont ichamanki, har bir mahalliy bola Ruben Baraxa kim ekanligini biladi. Undan chin dildan hayratda qolaman. Baraxa kelishi bilan og'ir mavsumni to'g'irlashimizga ishonchim komil", – deydi sardor Xose Gayya.



Rubenda murabbiylik salohiyati bilan maqtanarli narsa yo'q bo'lsa ham, uni juda sevishadi. Ispan 2015 yilda "Elche"ni qabul qilib oldi, ammo u erda atigi bir mavsum ishladi, shundan so'ng doim klublarini o'zgartirdi va hech qaerda unchalik muvaffaqiyatga erishmadi: "Rayo Valekano"dan "Saragosa"gacha.

"Valensiya" – ilk jiddiy tanlov.


Baraxa – prezident uchun himoya. Muxlislarning Piter Limni ko'rishga ko'zlari yo'q

Mundo Deportivo "Valensiya" avvaliga afsonani taklif etishni rejalashtirmaganini yozdi. Prezident Piter Lim "Al-Ittixod"da ishlayotgan Nunu Eshpiritu Santu bilan gaplashdi – portugaliyalik klubni 10-yillarning o'rtasida shug'ullantirgan va anchadan beri Evropadan qiziqarli variant izlamoqda. Limga yaxshi tanish bo'lgan agent Jorje Mendesh ham yordam bermoqda.

Ammo, so'nggi ommaviy namoyishlar barchasini o'zgartirdi. Piter muxlislarni tinchlantirishi kerakligini tushundi, Nunu esa unchalik yaxshi notadan klubdan ketmagan. SHunday qilib sevimli Baraxa varianti paydo bo'ldi.



Lim 2014 yilda "Valensiya" xo'jayiniga aylandi. Jamoa o'sha paytdan beri evrokuboklarning doimiy ishtirokchisidan La Liga autsayderi (klub hozirda 18-o'rinda bormoqda)ga aylandi.

Valensiyada Piter Limdan ko'ra nafratlaniladigan inson yo'q. Muxlislar anchadan buyon xo'jayinni klubdan haydashmoqda. Ular 2021 yilning iyunida Limning suratini osmono'par binoda yoqishdi, 2021 yilning dekabrida esa prezidentga qarshi 15 ming atrofida inson chiqdi.

O'tgan mavsumning so'nggi kunida esa 10 ming inson Limga qarshi namoyishga chiqishdi. Ammo, bular uni ajablantirmaydigandek tuyulmoqda – muxlislar bilan aloqa shunchalik uzilganki, rahbarning qizi muxlislardan shunchaki jim bo'lishni va klubni boshqarishga halaqit bermaslikni so'raydi: "Valensiya"ning bazi muxlislari meni va oilamni qoralaydilar va lanatlaydilar. Nima, ular tushunishmaydimi? Bu bizning klubimiz va biz u bilan xohlaganimizni qilishimiz mumkin va hech kim bu haqda gapira olmaydi".

"Valensiya" yanvar oyi so'nggida Kubokning 1/4 finalidan chiqib ketdi. O'yindan so'ng bir necha yuzlab odamlar "Piter, ahmoq, "Mestalya"dan yo'qol", "Bizga shuncha azoblanganimiz ham etadi" deya hayqirishdi.



"Valensiya" pasayishda davom etmoqda. Allaqachon xavfli hududda

Vaziyat rostdan ham juda ayanchli.

• "Valensiya"da etti o'yinlik g'alabasiz seriya va La Ligada ketma-ket to'rtta mag'lubiyat. Jamoa juda kam gol urmoqda, 36 yoshli asosiy to'purar Edinson Kavani esa jarohat sabab 3-4 haftaga safdan chiqdi va o'ta muhim pallada yordam berolmayapti.

• Zaxira shunchaki yo'q. "Valensiya" yozda bir qator etakchilarni sotib yubordi. Qishda rotaciya uchun maksimal muhim o'yinchi Niko Gonsales jarohat oldi. Rino Gattuzo kim bilandir shartnoma imzolanishini kutdi, ammo hech kim olib kelinmadi – uning jahli chiqdi va istefoga chiqish haqidagi arizani yozdi.

• Baraxa – 2011 yildan beri "Valensiya"ning 16-murabbiyi. Bu vaqt davomida jamoada Unai Emeri, Ernesto Valverde, Marselino va Gari Nevil kabilar ishladi. Faqatgina Marselino va Emeri qo'l ostida muvaffaqiyatga erishildi – ularning ikkisi ham Lim bilan fikrlari bir joydan chiqmagani sabab ketishgan.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика