So’nggi yangiliklar

18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  1 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  6 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  1 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  2 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  3 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  8 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  18 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  49

Vadim Abramov: Samarqand - ikkinchi poytaxt. SHunday ekan, bu erda yaxshi jamoa bo'lishi kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: Samarqand - ikkinchi poytaxt. SHunday ekan, bu erda yaxshi jamoa bo'lishi kerak"

O'zbekiston Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Birinchi bo'limda ko'ngildagidek o'yin namoyish eta olmadik, shu bois o'zgarishlar qilishga majbur bo'ldik. Ikkinchi bo'lim esa yaxshiroq o'tdi. Ketma-ket uch o'yinda mag'lubiyatga uchraganimiz sababli bosim bor edi. Yigitlardan qiyin o'yinda hisobda ortda bora turib, vaziyatni o'z tomonimizga og'dirgani uchun minnatdorman. "Metallurg" yaxshi darajadagi jamoa. Biz ularning uyushqoqlik bilan o'ynashini bilardik. Ular ham avvalgi bahslarda ochko yo'qotib, g'alaba uchun maydonga tushgandi. Umuman olganda, g'alaba ilinjidagi ikki jamoa to'qnashdi. Bugun bizga omad kulib boqdi. 

- Bugun Xojimirzaev yaxshi o'ynadi. Uni Kojo bilan birga asosiy tarkibda kutishimiz mumkinmi yoki zaxira o'yinchisi bo'lib qolaveradimi?

- Yo'q. Xojimirzaev yaxshi darajadagi tartibli futbolchi. SHu bois, biz har doim futbolchilarga imkon beramiz.

- Farruh Ikromov nega maydonga tushirilmadi?

- Farruh Xojimirzaev va Kojo bilan bir poziciyada to'p tepadi. SHu bois, u poziciya uchun kurashishi kerak. U ham jamoamiz liderlaridan biri hisoblanadi. 

- Kojo ikki kun ilgari terma jamoada o'yin o'tkazgandi. Uni maydonga tushishini kim ko'proq istadi: sizmi yoki o'zimi?

- Ha, u jamoamizga bugun qaytdi va tushlik payti paydo bo'ldi. Princip jihatdan bu normal holat, agar u maydonga tushishni xohlasa, nega imkon bermaslik berak? Asosiysi, unda xohish bor edi. 

- Eshitimizga qaraganda, so'nggi uch mag'lubiyatdan so'ng klub rahbariyati tomonidan sizga oxirgi imkoniyat berilgan ekan. Bu to'g'rimi?

- Bilmadim, bu gapni sizga kim aytgan, men bu haqda bilmayman. Lekin futbolda har qanday murabbiyning taqdiri shunday. Rahbariyat sizdan natija talab qiladi. Bu normal hodisa. Men bu holatga tushishi mumkin bo'lgan birinchi yoki oxirgi odam emasman. Buning ajablanarli joyi yo'q.

- "Dinamo" futbolchilarining maydonda bir-birini tushunishida jiddiy muammo mavjud. Bugungi g'alabadan so'ng klub rahbariyati bilan gaplashib olish imkoniyati paydo bo'lgandir.

- Muammolar mendan oldin ham mavjud edi va hal qilinmagan. Bu savol men uchun emasdir. Bizda maydon, hatto mashg'ulot o'tkazadigan o'yingohlar bilan bog'liq muammolar bor.

- Bu, ehtimol, jismoniy holat bilan bog'liqdir...

- Albatta, biz uch o'yin yutqazdik, ammo indamadim. CHunki bu bahonaga o'xshab ketardi. Afsuski, muammo bor. Ammo ishonchim komilki, viloyat hokimi futbolga katta etibor qaratadi va muammolarni hal qiladi. Samarqand — turistik shahar va princip jihatdan, ikkinchi poytaxt hisoblanadi. SHunday ekan, bu erda yaxshi jamoa bo'lishi kerak. SHunchaki quyi ligaga tushib, yana yuqori ligaga ko'tariladigan jamoa bo'lmasligi lozim. Bu yil o'z oldimizga jiddiy maqsadlar qo'yganmiz. Umid qilamanik, vazifani uddalay olamiz. Ammo muammolar hal qilinishi kerak.

- Bugungi kambek kelgusi o'yinlarga qanchalik tasir o'tkazishi mumkin?

- Futbolda bunday holatlar o'zgaruvchan bo'ladi. Buni vaqt ko'rsatadi, lekin har bir o'yinga finalga chiqqandek tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Aytmoqchimanki, bir necha turdan so'ng kimning kimligi ravshan bo'ladi. Ammo barcha jamoalar bir xil imkoniyatga ega. Har biri g'alaba qozonishi va yutqazishi mumkin. Ehtimol, lider paydo bo'lishi mumkin, masalan, "Nasaf", chunki ularda tizimli maktab mavjud va barqaror tarkibga ega. SHu bois, "Nasaf" stabilligi bilan boshqalardan ajralib turadi, qolganlar esa bir-biridan farq qiladi.

- Nega Abramov samarqandlik o'yinchilarni o'ynatmaydi? Masalan, Damir Temirov tarkibga qaytgan, ammo unga imkon berilmadi hatto bugun qaydnomaga ham kiritilmadi. 

- Biz mahalliy futbolchilarga ishonamiz. Temirov ikki kun oldin umumiy guruh mashg'ulotlarida jarohat olgan. SHu bois, u qaydnomaga kiritilmadi. Avval tarkibda samarqandliklar ko'p bo'lgan. Ammo futbol shunday narsaki, bu sizning yashash joyingizga bog'liq emas, shu bois raqobatda engib chiqish kerak. Raqobatda engib chiqsangiz, marra sizniki. Vohidjon Oqbo'taev bugun o'ynadi, ammo mahalliy muxlislar uni zaxiraga olishni talab qilib hayqirishdi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика