So’nggi yangiliklar

15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   0 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  1 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   2 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  5 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  1

Vadim Abramov: "Ravshan Ermatov bilan shaxsan uchrashdim..." Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ravshan Ermatov bilan shaxsan uchrashdim..."

Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Qizilqum (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Bugungidek yomon o'ynamagandik. Birinchi bo'limda raqib darvozasi ikki bor ishg'ol etildi, tanaffusdan keyin o'yinimiz «buzilib» ketdi. Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmadim. Fikrimcha, ikki asosiy futbolchimiz – To'raev va G'iyosovning yo'qligi ham sezildi. Yoki mavsum yakunlangani sari o'yinlar ham «og'irlashib» borayotgani bilinayotgandir?!

- Zuhurovning jarohati jiddiymi?

- Zuhurov jarohatdan keyin o'yinni davom ettira olmadi. Jarohatini qancha muddat davolatishini ertaga bilib olamiz. Taxminimcha, davolanishga bir hafta ketsa kerak.

- Jamoa safarda yaxshi o'ynay olmayapti...

- SHunday bo'lmoqda to'g'ri. Endi bizni O'zbekiston Kubogi doirasida muhim uchrashuv kutib turibdi. "Bunyodkor" ham, AGMK ham o'z oldiga Kubokni yutish vazifasi qo'ygan.

- Terma jamoani boshqarishingiz mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Bu sizga xalal bermayaptimi?

- Mish-mishlar doim bo'lgan. Bu gap-so'zlar menga xalal bermayapti.

- Yaqin vaqtlar ichida Ravshan Ermatov bilan uchrashdingizmi?

- Ermatov bilan uchrashdim. Ammo unda terma jamoa masalasi ko'tarilmadi. CHempionatda hakamlik borasida etirozlarimni bildirdim.

Reyting: +100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика