So’nggi yangiliklar

12:58Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  0 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  1 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  2 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  5 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  3 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  3 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2

Vadim Abramov: "O'zbek futbolining darajasi past. Bu esa terma bosh murabbiyiga bosh og'riq bo'lyapti" Yangiliklar

Vadim Abramov: "O'zbek futbolining darajasi past. Bu esa terma bosh murabbiyiga bosh og'riq bo'lyapti"

Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin uchun tanlangan rejamiz bor edi. Yigitlar bundan chiqmaslikka harakat qilishdi. Yutishimiz ham mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. 1:1 hisobi uchrashuvning qanday bo'lganini ko'rsatib bera oladi. CHiroyli o'yin ko'rsatdik deb ayta olmayman. Buning uchun bizni o'qqa tutishingiz shart emas. Muhim ochko.

- Ikkinchi taymda jarohat olib, almashtirilgan futbolchining holati qanday?

- Mushagini cho'zib olgan deb o'ylayapman. To'g'risi hozircha bilmayman. Ertaga o'zini qanday his qilishi orqali barchasini bilib olamiz.

- Elguja Grigalashvili o'zining yaxshi jismoniy holatida emas.

- U bugun birga-bir vaziyatda gol ura olmayotgani uchun shunday deyapsizmi? Biz hozirgi kunda ko'p kuch sarflaydigan futbol namoyish qilyapmiz. Kam to'p bilan bo'lganimiz uchun raqibdan ko'p yuguryapmiz. Elguja esa to'pni sevuvchi futbolchi hisoblanadi. To'psiz yuguraverib charchaganingizdan keyin esa to'p bilan o'yiningiz chiqmaydi. Ammo u o'sha vaziyatda gol urganida barchasi boshqacha bo'lib ketardi. 

- Bu Sizning jamoadagi ilk ochkoingiz. Bundan qanchalik mamnunsiz?

- Aytganimdek, o'yin uchun tanlangan reja o'zini oqladi, bizning foydamizga ishladi. Ajablanmagan jihatim, birinchi bo'lib gol urdik. SHuningdek, mag'lub bo'lmaganimizdan mamnun bo'ldim. CHunki bunga qadar bir necha marta hisobda oldinda bo'la turib, yutqazib qo'ygandik. Bugun ham hisobni ushlab qolishimiz mumkin edi. Biroq 1:1 hisobi vaqtida futbolni bunday o'ynashmaydi. Bunday o'ynayversak, bizni ertaga qattiq jazolashadi. 

- Sobiq jamoaga qarshi o'ynash murabbiyga bosim beradimi yoki motivaciya?

- Bosim ham, ishtiyoq ham bo'lmadi. Jamoadagi bir necha futbolchilarni bilaman, ular mening qo'l ostimda tarbiya topgan. SHunchaki ularning kuchli tomonlarini yaxshi bilishim mumkin.

- Telefoningiz ringtonidagi "Assalomaleykum, boy ota" qo'shig'i hali ham turibdimi?

- Yo'q, bu era tugadi. O'sha telefonni qaerdadir yo'qotib qo'ydim. Ko'rdingizmi, o'sha telefonni yo'qotdim, omad ham tark etdi.

- Jamoaning Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Matematik jihatdan imkoniyatlarimiz bor. 5 o'yinda yutishimiz kerak. Afsuski, bunga resurslarimiz etmasligi mumkin.

- Demak, oldindagi 6 o'yinning 5tasida yutish kerak.

- 8ta o'yin bor. Ichimda "hammasi tugadimi", degan fikr ham o'tdi. O'yinni kuchaytira olmayapmiz. Ustiga ustak himoyachimiz ham safdan chiqishi mumkin. 

- CHempionlik uchun kurashni qanday baholaysiz?

- O'zbek futbolining darajasi unchalik yuqori emas. Buning yuqoriroq bo'lishini istayman. Barchasini ko'rib boryapman. Bu esa milliy terma bosh murabbiyi uchun ham haqiqiy boshog'riq bo'ladi. 

- Jamoangizda o'sish ko'rinyaptimi?

- Bugun mag'lub bo'lmadik. Rivojlanish shunda holos. Ikki marta hisobda oldinda borib, mag'lub bo'ldik. Balki ayrim narsalar yigitlarning ruxiy holatiga bog'liqdir. Buning barchasi biz o'yinlarda ko'p kuch sarflayotganimiz bilan bog'liq. O'zimiz futbol o'ynamayapmiz, birovlarga ham futbol o'ynashiga bermayapmiz. To'pni tepib yuboryapmiz, keyin nimadir qilishga harakat qilyapmiz. 

- VAR tizimi haqida nima deya olasiz?

- Hozircha juda yomon ishlayapti. VAR bilan biz ikkita taymni jami 46 daqiqa o'ynayapmiz. To'p autga chiqqanidan keyin bosh hakam quloqchinini ushlab, VAR tizimidagilarga murojaat qilmoqda. Menimcha barchasi internetga bog'liq. Vaziyatlarni etkazib berish uchun internet tezligimiz pastlik qilyapti. Hakamlarimiz buni o'rganib olishini kutamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика