So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  8 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Vadim Abramov: “O'rnimizdan turib" maqsadimiz sari intilishda davom etamiz” Yangiliklar

Vadim Abramov: “O'rnimizdan turib" maqsadimiz sari intilishda davom etamiz”

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qisqa tatildan so'ng, kechadan yana mashg'ulotlarga kirishdi.

Birinchi kun futbolchilar tiklanish mashqlarini bajarishgan bo'lsa, bugun to'p bilan muomalada bo'lishdi va odatdagidek o'yinni shakllantirish ustida ishlashdi. Klubni avval xabar berilganidek Murod Xolmuhammedov tark etgan, legionerlar hozircha shu erda. SHuningdek, olimpiya terma jamoasi bilan Tailandda o'tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan besh futbolchi Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullaev, Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov to'liq tartibda shug'ullanishdi. “Al Zavra” bilan bahsda jarohat olgan turkmanistonlik legioner Selim No'rmuradov individual tarzda mashqlarni bajardi. Quvnoq kayfiyatda o'tgan “qaldirg'ochlar”ning navbatdagi mashg'ulotidan keyin bosh murabbiy Vadim Abramovdan saytimiz uchun intervyu oldik.

“Biz uchun omadsiz o'tgan o'yindan keyin yana mashg'ulotlarni boshladik. "O'rnimizdan turib" maqsadimiz sari intilishda davom etamiz”, - deya gap boshladi Vadim Karlenovich.

- To'g'risi, yanvar oyi klublarimiz uchun ham, olimpiya terma jamoamiz uchun ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bunday sharoitda ularni ruhiyatini va kayfiyatini ko'tarish qiyin bo'lishi tabiiy...

- Bu futbol. Yaxshisi mag'lubiyatlarni tezroq unutishimiz va yangi mavsumga hozirlikni davom ettirishimiz kerak. G'alaba va mag'lubiyat hamisha birga yuradi.

- Matbuot anjumanida agar guruh bosqichiga chiqa olmasak legionerlar jamoani tark etadi degan edingiz. Ko'ryapmizki ular bilan hali hayrlashilgani yo'q...

- Ha aytgandim. Ko'ramiz ularni mahalliy futbolchilar bilan solishtiramiz. Legionerlar jamoamizda qolishni istaydimi, yo'qmi? Bizning o'zimizga yarasha talablarimiz bor.



- Keyingi haftada O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni boshlaydi. Kengaytirilgan tarkibdan o'tgan oy Osiyo chempionatida qatnashgan futbolchilar ham joy oladimi? Ko'z ostingizga olib qo'ygan o'yinchilar bormi terma jamoaga munosib?

- Yaqin kunlarda tarkibni elon qilamiz. Albatta, olimpiya terma jamoasi azolari ham chaqiriladi. Boisi, ular milliy jamoaga moslashishlari lozim. Ular termamizning kelajagi. Garchi Olimpiadaga chiqa olishmagan bo'lishsa ham yuqori darajadagi futbolchilar etarli. Belarus bilan bellashuv foydadan holi bo'lmasligi aniq.

- FIFA kunlari doirasida o'tkazilmayotganini inobatga olsak, demak mazkur yig'inda faqat mahalliy futbolchilar qatnashadi...

- Ha. Xorijda o'ynayotgan futbolchilarni jalb qila olmaymiz. Legionerlar keyingi yig'inda qo'shiladi.

- Qishki transferlar oynasida jiddiy o'zgarishlar bo'ldi. “Bunyodkor”ning muhim figuralaridan Javohir Qahramonov, Sanjar Tursunov, Xurshid G'iyosov boshqa klublarga yo'l oldi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Oddiy qarayman. Ular qaer yaxshiroq bo'lsa o'sha klubga ketishdi. Hayot davom etadi. Batafsil muhokama qilmoqchi emasman. Umuman olganda yangi qo'shilgan futbolchilar o'zlarini astoydil ko'rsatishga harakat qilishmoqda.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика