So’nggi yangiliklar

20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  0 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  3 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  8 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  12 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3

Vadim Abramov: "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Superliga va Pro-liga klublari o'rtasidagi farq sezilmadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Superliga va Pro-liga klublari o'rtasidagi farq sezilmadi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ko'rdinglar, bugun Superliga va Pro-liga klublari o'rtasidagi farq unchalik ham sezilmadi.

Jamoamiz muxlislari uzoq yo'l bosib, Qarshiga bizni qo'llab-quvvatlash uchun etib kelishdi. Albbata, barcha muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bugun kuchli raqibga qarshi muxlislarga maqul keladigan o'yin ko'rsata oldik deb o'ylayman.

- "Dinamo" haqiqatdan ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. "Nasaf"ga qarshi himoyaviy uslubda o'ynash rejangiz bor edimi?

- "Nasaf" qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qiladi. Biz o'yinning borishidan kelib chiqib uslublarimizni o'zgartirib bordik. Hujum vaqtida jamoa oldinga chiqdi, raqib hujumi vaqtida himoyaga qaytdik. "Nasaf" ikkinchi qavatda ham yaxshi o'yin namoyish etadi.

- "Dinamo" Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Odatda, jamoalar bunday vaqtda ko'p futbolchilarga javob berishadi. Sizning jamoangizda qanday o'zgarishlar ko'ramiz?

- Hozir yaxshi o'ynaganimizni aytayapsizlar. Yaxshi jamoada katta o'zgarishlar bo'lmaydi, tarkibimizda umidli yosh futbolchilar etarlicha.

- Sizningcha, bugungi o'yinda VAR ko'rishi kerak bo'lgan bahsli vaziyatlar bo'ldimi?

- Pro-ligada VAR yo'q. Biz bunga qarab, o'rganib qolmaganmiz. Nazarimda, bugungi o'yin hakamlari juda yaxshi ishlashdi, etirozlarga sabab bo'ladigan vaziyatlar bo'lmadi.

- Finalda qaysi jamoa g'olib chiqadi deb o'ylaysiz?

- Qaysi jamoa jismonan yaxshi xolatda etib kelsa, o'sha jamoa yutadi. Albatta "Nasaf" o'z muxlislari qarshisida o'ynashi ularning imkoniyatlarini oshiradi.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика