So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Vadim Abramov: "Meni ham ishdan bo'shatishsa norozi bo'laman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Meni ham ishdan bo'shatishsa norozi bo'laman"

"Lokomotiv" - "Al-Hilol" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Raqibni tabriklayman. Guruhdagi eng kuchli jamoa ekanini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda juda ham yomon o'ynadik. Ikkinchi bo'limda hujumkor boshladik. Lekin ular gol urib ketishdi", - deb gap boshladi Abramov.

- O'zbek klublari OCHLdagi omadsiz ishtirok etishmoqda. CHempionatimiz kuz-bahor tizimiga o'tgani yaxshi emasmi?
- Yo'q shu tizimning o'zi yaxshi. O'tgan yillarda klublarimiz yaxshi ishtirok etishgandi. Bizga shunchaki OCHLdagi tajribasizlik etishmadi. Birinchi yildayoq juda kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik.

- Yoshlar jamoasida Ikrom Aliboev kabi futbolchilar yana bormi?
- Hozircha faqat u. Jamoaning maktabi faoliyatidan qoniqayapman. Yoshlarga imkon berib boramiz, ular xatolar qilib o'sishadi.

- Jamoangiz zarba berish emas to'pni o'zida saqlab turishga urinayotgandek taassurot qoldirmoqda.
- CHetdan qaraganda shunday bo'lishi mumkin. Raqib imkon bersa zarba berayapmiz. Imkon bo'lmasa zarba ham bo'lmayapti.

- Bikmaevni almashtirganingizda norozidek tuyuldi...
- Kim almashtirilganida xursand bo'ladi? Bu normal holat. Agar meni ham ishdan bo'shatishsa men ham norozi bo'laman (kuladi).

- Jasur Hasanovni nima uchun aynan birinchi bo'limda almashtirdingiz?

- SHunchaki u o'yinga kirishib keta olmadi. Juda ko'p xatoga yo'l qo'ydi. SHu bois tavakkal qilib markazni kuchaytirishga qaror qildim.

- "Al Hilol" jamoasi haqiqatdan ham kuchli ekanini ko'rdik. Bunday jamoalarga qarshi qanday o'ynash kerak?
- SHunchaki xatosiz o'ynash kerak. Agar Saudiyada o'tgan bahsni ko'rib chiqsangiz bironta vaziyatda to'p olib qo'yishmadi, o'zimiz to'pni oldirib qo'yaverdik.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика