So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  14 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Vadim Abramov Eron va BAA bilan o'yinga SHomurodov, Yaxshiboev, O'runov va boshqa legionerlarni chaqirdi Yangiliklar

Vadim Abramov Eron va BAA bilan o'yinga SHomurodov, Yaxshiboev, O'runov va boshqa legionerlarni chaqirdi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi.

SHu sababli, Milliy jamoamiz uchun 3-16 oktyabr kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi. Ushbu yig'in doirasida Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.

8 oktyabr kuni terma jamoamiz Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 18.00 da boshlanadi.

SHuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga 32 nafar futbolchini jalb etdi. Pandemiya sababli yuzaga kelgan bir necha oylik tanaffusdan so'ng, xorijiy chempionatlarda to'p surayotgan bir qator hamyurtlarimiz ham ushbu o'rtoqlik o'yinlariga chaqiruv olgan.

Yig'inga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Rahimjon Davronov ("Mashal")

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Egor Krimec ("Paxtakor"), Rustamjon Ashurmatov("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Holmuhammedov("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Seongnam", Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Oston O'runov ("Spartak", Rossiya), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Rostov", Rossiya), SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Jasur Yaxshiboev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeev ("Paxtakor").


Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика