So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  0 18:15"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5

Vadim Abramov: "Braziliyaga faqat dam olish uchun borganim yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Braziliyaga faqat dam olish uchun borganim yo'q"

O'zbekiston kubogi sohibi "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Quyida ushbu suhbatning eng asosiy qismini taqdim etamiz.

- Braziliyaga borishimning asosiy sabablaridan biri dam olish bilan bog'liq edi. Bundan tashqari ayrim ishlar bilan ham borgandim. Bir necha kun Braziliyada bo'lib qaytdim.

- Tojiev va Abdullaev o'zlarini chetda sinab ko'rishni istashdi. Biz qarshilik qilganimiz yo'q. Jasur Hasanov ham xorijda o'ynashni istasa biz qarshilik qilmaymiz. Hech kimni majburlab o'ynata olmayman.

- Jamoaga legionerlarni ham jalb etamiz. Bir qator etakchi futbolchilarimiz ikki oy davomida terma jamoa ixtiyorida bo'lishadi. SHu bois legionerlarni ham taklif etmasak bo'lmaydi.

- Braziliyaga faqat dam olish uchun borganim yo'q. U erda chempionat o'yinlarini ko'rdim. Braziliya futboli qanday ekanini o'z ko'zim bilan ko'rishni maqsad qilgandim. Tanishlarim bilan futbolchilar borasida ham gaplashdim. Tarkibimizga braziliyalik o'yinchilar qo'shiladimi yo'qmi, buni aniq ayta olmayman. Birinchi yig'inimizda ko'p narsa malum bo'ladi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrda Toshkentda boshlaymiz. 6-20 yanvar kunlari xorijda yig'in tashkil etamiz. Undan keyingi yig'inlarimiz qaerda va qachon bo'lishi OCHLdagi raqiblarimizga qarab hal qilinadi, - deydi Vadim Abramov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика