So’nggi yangiliklar

16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  1 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5

Vadim Abramov: "Bizga Samarqandda klub uchun qarorgoh qurishni, infratuzilma barpo qilishni vada qilishgan" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizga Samarqandda klub uchun qarorgoh qurishni, infratuzilma barpo qilishni vada qilishgan"

Pro-liganing 5-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida gapirish qiyin. Barcha o'yinni ko'rdi. Ikkita bir-biriga mos raqib o'ynadi. O'yin jangovar o'tdi. Ikkala jamoa ham gol urishi mumkin edi, biroq bunday bo'lmadi. Aytgancha, biz gol urgandik, biroq nima sababdan bekor qilishdi, tushunmadim. Buni tushuntirish juda qiyin. Balki obektiv nuqtai nazardan olib qarasak, durang o'yin uchun mos keldi.

- Xurshid Ubaydullaev o'tgan mavsumda "Bunyodkor"ning yoshlarida o'ynagandi. Uning qanday sifatlarini ko'rdingiz? Unda ortiqcha vazn borligi to'sqinlik qilmayaptimi?

- Ha, shunday. Biroq bu uning futbol o'ynashiga halaqit qilmaydi. Umuman olganda bu uni ham qanoatlantiradi. Uning kuchli sifatlari borligini bilamiz. Balki u bugun yaxshi o'yin o'tkaza olmagandir. Bugun ko'p futbolchilarimiz xatoliklarga yo'l qo'yishdi, shikoyatlar barcha futbolchilarga bor. Masuliyatni unchalik yaxshi his qila olishmadi. Boshqa tomondan olib qarasak, raqib bizga shuni majbur qildi, oddiy vaziyatlarda xato qilishimizga sabab bo'ldi. Tomoshabinlar esa ketayotganida yaxshi o'yin bo'ldi deyishdi. Agarda muxlislarga o'yin yoqqan bo'lsa, demak, bu yaxshi.

- O'tgan mavsum "Lokomotiv" va "Dinamo" Pro-ligaga tushib ketdi. Ammo ikkala jamoada ham tarkibning asosi saqlanib qolindi, jamoadan ketishi kutilgan tajribali futbolchilari o'z joyida qoldi. Bu o'zbek futbolida jamoasiga sodiqlik oshayotganidan dalolatmi yoki futbolchilarning o'zi tushirib yuborgan jamoani yana Superligaga qaytarishni istashdimi?

- Bunga har xil qarash mumkin. Holat qanday bo'lsa shunday. Biz ham qaytish vazifasini qo'yganmiz va bu borada ishlayapmiz. "Lokomotiv"da ham shunday. Ularda ham o'tgan yilgi tarkibning asosi saqlanib qolingan, jamoa kuchaytirilgan. Yaxshi jamoa. Hozirdan gapirish qiyinu, ammo kurash shunday davom etadigan bo'lsa, "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" va biz Superligaga qaytish uchun kurashadigan asosiy davogarlar bo'lamiz. Lekin hali oldinda barcha narsa bo'lishi mumkin. Hozircha nimadir deyish qiyin. 

- Bugun o'tgan o'yinlarga qaraganda "Lokomotiv" himoyachilariga qarshi hujumchilarda agressivlik etishmagandek ko'rindi. Bu "Dinamo" hujumni yaxshi tashkillashtira olmagani bilan bog'liqmi yoki "Loko" yaxshi himoyalangani bilanmi?

- "Lokomotiv" shunga majbur qildi, ular agressiv o'yin ko'rsatishdi. O'z maydonida o'ynashdi, bizni mag'lub etish uchun katta ishtiyoq bor edi. Bu kayfiyat ko'rindi. SHu sababli ular bizning futbolchilarni xato qilishga majburlay boshlashdi. Biz o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olmadik. Umid qilishda davom etamiz. Bu endigina to'rtinchi tur. Keyingi turlarda qo'shishda davom etamiz deb o'ylayman.

- Vadim Abramov oldingi jamoalarida ham past sharoitlardayam ishlayvergan. Buni "Traktor", "Bunyodkor"da ham ko'rganmiz. "Dinamo"da ishlagan murabbiylar esa jamoaning qarorgohi yo'qligini, maydon etishmasligini gapirishadi. Vadim Abramov uchun sharoitning ahamiyati yo'qmi? CHunki Siz borgan joyingizda sharoitga ahamiyat bermasdan o'yinni yo'lga qo'yishga ahamiyat berasiz.

- Maqtov uchun rahmat. "Dinamo"da o'z ishimizni qilishga harakat qilyapmiz. O'z ishimiz orqali odamlar bizni hurmat orqali eslashlarini istaymiz. Bizga Samarqandda klub uchun qarorgoh qurishni, infratuzilma barpo qilishni vada qilishgan. Samarqand kabi go'zal shaharlarda yaxshi futbol jamoasi bo'lishi kerak. SHunday bo'lsa "Dinamo" yanada jiddiy jamoaga aylanadi.

- 0:0 hisobini "Dinamo" muxlislari g'alaba kabi nishonlashdi. Siz uchun 0:0 hisobi g'alabaga tengmi?

- Menimcha har bir jamoa o'yin oldidan g'alabani ko'zlab chiqadi. Keyinchalik esa raqibning taklif qilgan o'yiniga qarab o'ynaydi. Bugun raqib bizga g'alaba qozonish imkonini bermadi. Mana shu bo'lgan ishlarni ko'rgan holda xatoliklarni to'g'rilaymiz va 18 aprel kungi Kubok o'yiniga tayyorlanamiz. Hozir tiklanib, ushbu o'yinga tayyorlanishimiz kerak. Agarda raqib bosh murabbiyidan so'rasangiz, u ham 0:0 hisobidagi durangdan mamnun bo'lmasligini aytadi. Og'riqli jihati shuki, biz gol urgandik. Qandaydir sabab bilan bekor qilishdi. Yigitlarning aytishiga ko'ra, avvaliga futbolchi offsaydda bo'lib to'pga tekkan degan. Keyin esa hakam bizning futbolchi darvozabonga halaqit qilgan deb aytgan. VAR yo'qku, shu sababli baho berish qiyin. VAR bo'lganida barchasi boshqacha bo'lardi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика