

- O'yin haqida fikringiz?
- Gol o'tkazganimizdan keyin o'zimizga kelib ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu yaxshi, lekin to'xtab qolishimiz kerak emas. To'g'risi, negadir g'alati o'ynayapmiz, bazan o'z jamoamni taniy olmayapman. Birinchi taymda hammasini to'g'ri bajaryapmiz, faqat oxirgi pas yetishmayapti. Raqib esa birgina vaziyatdan gol urib ketyapti. Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdi, bu bilan yigitlarni tabriklayman. Omadsiz ishtirokimizga qaramay, muxlislar stadionga kelib olqishlab turishdi va g'alaba bilan ularni ham tabriklayman.
- Vadim Karlenovich, g'alaba muborak. Statistika shuni ko'rsatyaptiki, siz Superliga (Oliy liga)da 100ta o'yinda g'alaba qozongan murabbiy bo'ldingiz. Ushbu statistika 2007 yildan beri yuritib kelinmoqda, balki undan oldin ham ko'p o'yinlarni yutgan bo'lsangiz kerak. Bugun esa 101- g'alaba bo'ldi. Umuman siz rekordlarga qanday qaraysiz va "Dinamo"ni yana yuqori o'rinlarga ko'tarish uchun nima reja tuzgansiz?
- To'g'risi, bu statistikani bilmasdim. Birinchi marta eshitib turibman. O'ylashimcha, yutgan o'yinlarim soni bundan ham ko'p bo'lsa kerak. O'sishda davom etaman deb o'ylayman. Jamoa rejalariga oid savolga kelsak, ishlashda davom etyapmiz. Natija yomon bo'lsa muxlislar ham kelmay qo'ydi. Qanday ish olib borayotganimizni muxlislar ko'pligi yo kamligidan bilsa bo'ladi. Yomon ishlayapmizmi, demak ular o'yinga kelmayapti.
- O'tgan uchrashuvda muammolar ko'p bo'ldi, natija ham o'xshamadi. Bugungi g'alabadan keyin jamoa boshi berk ko'chadan chiqib ketdi desa bo'ladimi?
- Shunga umid qilamiz. Bugun ham ko'rdingiz, gol o'tkazgandan keyin biroz o'zimizni yo'qotib qo'ydik. Ammo kuch topa oldik va ikkita gol bilan javob berdik. Buning uchun yigitlarga rahmat. Qiyin vaziyatni to'g'rilash oson bo'lmadi. "Nasaf" bilan bahsning oxirgi daqiqalarida to'p o'tkazib yuborgandik. Keyin esa vaqt etmay qolgandi.
- Bu futbolchi doim faol bo'lishga intiladi. Jamoangiz ikkinchi to'pni kiritganida zaxiradan tushgan barcha hujumda ishtirok etdi. Milliy basketbol uyushmasining basketbol musobaqasida 6-o'yinchiga atalgan maxsus sovg'asi bor. Xuddi shunday sovg'ani Xislat Xalilovga ham berish kerak emasmikin. Chunki zaxiradan qo'shilganda jamoaga ko'p foydasi tegyapti.
- Biz Xalilovning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz. Agar o'zi qarshi bo'lmasa, marhamat shunday sovg'ani berish kerakdir.
- Bugun asosiy tarkibda rotaciyaga qo'l urdingiz. Bu oxirgi o'yinlardagi natija bilan bog'liqmi?
- Biz doim mashg'ulot o'tkazamiz va navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Mashg'ulotda kim o'zini ko'rsatsa, shu futbolchi asosiy tarkibda tushadi. Oldinda hali bahslar ko'p. 12 aprel kuni yana maydonga tushamiz. Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli.



