So’nggi yangiliklar

18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:45"Сурхон" - "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:40АПЛ. "Манчестер Сити" "Этихад"да "Тоттенхэм"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  21 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  5 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  3 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  14 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3

UzDongJu chempionat oldidan rahbariyat bilan uchrashdi Yangiliklar

UzDongJu chempionat oldidan rahbariyat bilan uchrashdi

Bugun mamlakatimizda birinchi liga o'yinlari start oladi. SHu bois 3 aprel kuni UzDongJu FK qarorgohida rahbariyat va futbolchilar o'rtasida mavsum oldidan o'ziga xos uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda klub prezidenti Zulunov Zafarjon Ahmedovich, klub direktori Latipov Sardorbek Abdumalikovich, menejer Azizbek Sulaymonov, futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Nasibullo Madrahimov hamda klub murabbiylari va futbolchilari ishtirok etdi
 


Tadbir boshida jamoa prezidenti Zulunov Zafarjon Ahmedovich so'zga chiqib jamoaning barcha azolarini kirib kelayotgan yangi mavsum bilan qutlab, bo'lajak chempionatda jamoaga omad tilagan xolda, har bir o'yinda maydonga faqat g'alaba uchun maydonga tushish kerakligini alohida takidladi. Buning uchun klub prezidenti jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berishini aytib o'tdi. SHundan so'ng so'z navbati futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori berildi. Nasibullo Madrahimov ham bo'lajak rasmiy bahslarda futbolchilarga omad tilab, jamoa tarkibi asosan mahalliy va shu bilan birga maktab-internatidan etishib chiqayotgan ko'plab yosh futbolchilardan iborat ekanligidan xursandligini aytib o'tdi.
 


Joriy mavsum oldidan klubning yangi azosi va sardori etib tayinlangan Bekzod G'oziev ham futbolchilar nomidan yaratilayotgan sharoitlar uchun jamoa raxbariyatiga minnatdorchilik bildirib, chempionat davomida mazmunli va ijobiy natijalar bilan muxlis va mutaxassislarni xursand kilish uchun bor kuchni ishga solishini bildirdi.
SHundan so'ng jamoaga yangi kushilgan futbolchilar tanishtirildi va ularning joriy mavsumda nechanchi raqamli libosda o'ynashi malum qilindi. Taqdimot marosimining odatiga ko'ra, futbolchilarga raqamli liboslarni taqdim etib bu borada malumot berildi.



Unga ko'ra “Kosonsoy”dan taklif etilgan 25 yoshli himoyachi Sardor Asqarov – 3. “Andijon” safidan kelib qo'shilgan Dilmurod Mahmudov – 4. Andijon futboli uchun begona bo'lmagan va mahalliy muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan 26 yoshli himoyachi Maqsud Hayitov – 5. Bungacha “Andijon” safida o'ynab mahoratini oshirgan va birinchi liga toifasida tajribali o'yinchilar hisblangan Bekzod G'oziev – 7. Alisher To'xtasinov – 8. O'tgan mavsum birinchi ligada “SHo'rtan” sharafini himoya qilgan qo'qonlik hujumchi Islom Karimov- 10. Hamda andijonlik hujumchi Akmal Jo'raboevni bu yilgi mavsum 12-rakamli libosda maydonga tushishlari malum bo'ldi.



Tadbir so'nggida futbolchilar va rahbariyat estalik uchun suratga tushishdi. SHu tariqa o'ziga xos anjuman yakuniga etdi. Bugun “UzDongJu” chempionatni safarda “CHust-Paxtakor”ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика