So’nggi yangiliklar

21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  18 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  34 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  14 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  9 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  11 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  9 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  20 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1

“UzDongJu” yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda Yangiliklar

“UzDongJu” yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda

Teglar :  Uzdongju
Andijonning “UzDongJu” jamoasi allaqachon yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.

Abdurashid Ismoilov boshqaruvidagi jamoa o'quv mashg'ulotlarni o'z qarorgohida olib bormoqda. Yig'in davomida nazorat uchrashuvlarida ham ishtirok etib kelinmoqda. Bu orqali murabbiylar ko'rikdagi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda. Jamoa mashg'ulotlarida Zokirjon Nurmatov (“Neftchi”), Jahongir Dadaboev (“Cementchi”), Dilmurod Mamayusupov (“Kosonsoy”), Xayrullo Qodirov (“Yozyovon-Lochinlari”) kabi yangi futbolchilar borligini aytish lozim. SHuningdek murabbiylar viloyatdagi yoshlarga ham jiddiy etibor qaratgan xolda, bungacha ikkinchi ligada o'ynab o'zini ko'rsatishga erishgan ayrim iqtidorli futbolchilarni ham ko'rikka taklif etgan.  

SHuningdek tarkibda yo'qotishlar ham mavjud. Xususan o'tgan mavsum "UzDongJu" sharafini himoya qilgan Davron Jo'raqulov ("Obod"), Muzaffar Abdullaev, SHoxruh Ergashev, Salohiddin Salohiddinov, Bekzod G'oziev, Islom Karimov ("Andijon"), Alisher To'xtasinov ("So'g'diyona") kabi futbolchilar ayni damda oliy liga klublarining ko'rigida bo'lib turibdi. "Bunyodkor" jamoasidan ijaraga olingan Muhammadyusuf Abdumajidov esa ortga qaytib ketgan. Bundan tashqari darvozabonlar murabbiyi Hamidullo Zokirov ham viloyatning bosh jamoasi "Andijon"ga o'tgani sababli uning o'rniga Bekzod Turg'unov taklif etilgan.   


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика