So’nggi yangiliklar

13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  5 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  2 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  14 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  4 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  14 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0

Usmon Toshev "Buxoro"ni pichoqsiz so'yib ketdimi? Yangiliklar

Usmon Toshev "Buxoro"ni pichoqsiz so'yib ketdimi?

Teglar :  Usmon ToshevBuxoro
Xabaringiz bor, Usmon Toshev o'tgan mavsum "Buxoro" klubida bosh direktor sifatida ishladi.

Ushbu davr mobaynida klubda qanday ishlar amalga oshirilganini yodga olamiz: 

- Klub nomi faqat og'zaki tarzda "Nurafshon"ga o'zgartirildi. Har qanday hujjatda "Buxoro" nomi qolaverdi.  

- Tojikistonlik murabiy Daler Kayasov, darvozabonlar murabbiyi Alisher To'ychiev, futbolchi Toxir Malado'stov va texnik direktor Baxtiyor Dadamatov bilan 5 yillik shartnomalar tuzildi. 

- Yana bir qator futbolchilar bilan 5 yillik shartnomalar antiqa tarzda tuzildi. Unga ko'ra, Usmon Toshev "Buxoro" bosh murabbiyligini tark etsa, ushbu futbolchilar avtomatik tarzda erkin agentga aylanardi. Yakunda shunday bo'ldi ham. 

- Baxtiyor Dadamatovga 90 million so'm, Kayasovga 119 million so'm, Toxir Malado'stovga 55 million so'm kompensaciya puli to'landi. 

- Alisher To'ychiev esa klub bilan muzokaraga kirishmayapti. Ayni paytda u FIFAga murojaat qilib, 2025 yil oxirigacha bo'lgan oylik maoshlarini, yani 537 million so'm to'lab berishini so'ramoqda. 

- Usmon Toshev bosh direktorligi paytida turkmanistonlik darvozabon Raxat Japarovga 2021 yil 10 iyuliga qadar barcha qarzdorliklarni yopish bo'yicha kafolat xati berilgan. Xatda agar ushbu pullar o'z vaqtida to'lanmasa, Japarovga yil oxirigacha bo'lgan oylik maosh va mukofot pullari berilishi ko'rsatilgandi. Yakunda pullar to'lanmadi hamda Japarov FIFA orqali o'ynamagan oylar uchun ham jami 116 million so'm maosh hamda mukofot pullarini qo'lga kiritdi.

Hozirgi rahbariyat "Buxoro" klubi oldida turgan muammolarni echishda astoydil harakat qilmoqda. Umid qilamizki, "Buxoro" klubi ushbu qiyinchiliklarni ortda qoldirib, o'z g'alabalari bilan muxlislarni hali yana xursand qiladi.

Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика