So’nggi yangiliklar

01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  0 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  15 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3

Usmon Asqaraliev: "Oyog'imizdan chalmoqchi bo'lganlar, maqsadiga erisha olmadi" Yangiliklar

Usmon Asqaraliev: "Oyog'imizdan chalmoqchi bo'lganlar, maqsadiga erisha olmadi"

"G'allaorol"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng, "Istiqlol" ustozi bosh murabbiyi Usmon Asqaraliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun yigitlar xaqiqiy futbol qanday bo'lishini birinchi bo'limda ko'rsatib qo'yishdi. Ikkinchi bo'limda esa zaxiradagi o'yinchilarga imkoniyat berdim va bu vaziyatdan unumli foydalana olishmadi. To'g'risi bugun shogirdlarimdan ko'nglim to'ldi. O'yin avvalida jamoamga mavsumni ko'tarinki ruhda yakunlab, mavsumni ahil jamoa bo'lib tugatishlarini aytgandim. Bu so'zlarim yigitlarga o'z tasirini o'tkazganidan xursandman.

Ikkinchi davra oldidan biz jadvalni 2-o'rinida borayotgan jamoadan 12 ochkoga ortda qolayotgan edik. Bizni hech kim 2-o'rin bilan mavsumni yakunlaydi deb o'ylashmagandi. Xattoki bizni pisand ham qilishmayotgan edi. Ammo biz qanday kuchga ekanligimizni bilganlarida kech bo'lganligini bugun tushunib etishayotgan bo'lsa ajablanmayman. Oyog'imizdan qanchalar chalishga urinishmasin, buni uddalay olishmadi. Aytadiku "birovga chox qazisang, o'zing tushasan". Men jamoam bilan oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik xolos. 

Biz barcha narsaga o'z mehnatimiz bilan erishdik. Buning uchun yigitlarga rahmat. Albatta shogirdlarim orasida, xatto birinchi liga havosidan endigina nafas olayotgan futbolchilar bor. Bu futbolchilar bilan faqat faxrlansa arziydi. Yigitlardagi shijoat bilan oliy ligada ham bir karomat ko'rsatishimizga ishonaman. Zamonaviy futbolda tajriba ham muxim, ammo mening jamoamdagi g'alabaga bo'lgan ishtiyoq, ulardagi jasorat va mardonovor futbol o'ynash hislatlari zo'r tajribadan ham yuqorida turadi. Jamoamizning natijalariga shubha ko'zi bilan qaraydiganlar esa bizning Cementchi bilan kechgan tengma-teng kurashimiz orqali ham bilib olishlari mumkin. Vaholanki, Cementchi bilan bo'lgan bahsda g'alabaga yaqin kelgandik. Andijon esa Cementchiga o'z maydonida yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Endi bunisiga qanday bahonalar qilasiz. Xattoki bugungi raqibimiz bilan ham birinchi bo'limda 0:0 hisobi qayd etishgandi. Ikkinchi bo'limda G'allaorolning maydonda 2 kishi kam bo'lib harakatlanganliklari 4:0 hisobi qayd etilishiga olib kelgandi. Biz esa birinchi bo'limning o'zida 6:0 ko'rinishini yuzaga keltirdik. Men bu bilan nima demoqchiman, bizning g'alabalarimizga shubha ko'zi bilan qaraydiganlar adashadi. Yana takidlab o'taman "har bir g'alabaga o'z kuchimiz bilan erishganmiz".

Bu mavsum uchun barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimi bildiraman. Sodiq va har o'yinda qo'llab-quvvatlab turadigan muxlislarimizga tashakkur. Bu mavsumdan faqatgina shirin lahzalar yodimizda qoladigan bo'ldi", - deydi Usmon Asqaraliev.


"Istiqlol" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика