So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  3 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  8 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  10

Urugvay ham Suarez ortidan o'z yurtiga jo'nab ketadi Yangiliklar

Urugvay ham Suarez ortidan o'z yurtiga jo'nab ketadi

Mundiallar o'yinlar tezlik bilan o'tib bormoqda. Bugun dastlabki chorak finalchilar juftligi malum bo'ldi.

Jahon chempionati "S" guruhi g'olibi Kolumbiya terma jamoasi "D" guruhining ikkinchi o'rin sohibi Urugvay bilan chorak final chiptasi uchun bahs olib borishdi.


Luis Suarezsiz qolib ketgan Urugvay jamoasi Kolumbiyaga qarshi o'yinda qiynalib qolishi aniq edi. Lekin hech kim Urugvayni bu qadar chorasiz bo'lib qolishini taxmin qilmagandi.

Uchrashuvni faollik bilan boshlagan kolumbiyaliklar dastlabki 10 daqiqada raqiblarini to'p ortidan yugirtirishga erishishdi. Birinchi bo'limning yarmini to'p qidirish bilan o'tkazgan urugvayliklar bo'lim o'rtalariga kelib biroz toliqib qolishdi shekilli, deyarli hujumga o'tishmadi.

Uchrashuvning 28-daqiqasiga kelib mundial kashfiyoti Xames Rodrigezning o'zining chiroyli zarbasi evaziga Kolumbiyani hisobda oldinga olib chiqdi. O'yindagi ustunlik hisobda aks etdi.


O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Urugvay vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga intildi, lekin shu kuni Kavani, Forlan va boshqa bir qator futbolchilar ham jamoasining hujumlarini samarali tarzda yakunlay olishmadi.

Ikkinchi taym ham birinchisi singari boshlandi. Asosan kolumbiyalar faolligi ostida boshlangan ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida Xames Rodrigez jamoasining va o'zining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi. Armero va Kuadrado ijrosida tashkil etilgan hujumni, Xames Rodrigez samarali yakunladi va o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi, 2:0.

Urugvay o'yin so'nggilariga kelib hujumlar tashkil etdi, ammo ularning barcha urinishlari Ospina uchun oddiy "o'lja"ga aylandi.  Kolumbiya posboni shu kuni bir qator vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirdi va Kolumbiyaning ishonchli g'alabasiga o'zining munosib hissasini qo'shdi.


Kolumbiya terma jamoasi chorak finalda mundial mezbonlari Braziliya termasi bilan bellashadi.

Urugvay jamoasi esa yaqindagina o'z yurtiga surgun qilingan Luis Suarez ortidan samolyotga chipta oldi va mundialni tark etdi.


JCH-2014. Nimchorak final o'yini.

Kolumbiya - Urugvay 2:0
29 iyun. 01:00

Bosh hakam
: Byorn Kuypers (Gollandiya)

Yordamchi hakamlar
: Sander Van Rokel (Gollandiya), Ervin Zeynstra (Gollandiya)

Zaxira hakami
: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya).

Gollar
: Xames Rodrigez (28, 50).

Kolumbiya: Ospina, Suniga, Sapata, Yepes, Armero, Agilyar, K. Sanches, Kuadrado (Guarin, 81), Xames (Ramos, 85), Dj. Martines, Guterres (Mexiya, 68).

Urugvay:  Muslera, M.Pereyra, Godin, Ximenes, M. Kaseres, A. Pereyra (G. Ramires, 53), A. Gonsales (Ernandes, 67), Arevalo, K. Rodriges, Kavani, Forlan (Stuani, 53).

Ogohlantirishlar: Ximenes (55), Lugano (77), Armero (78).


SHahboz Beg'amov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика