So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  13 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  10 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Urganchlik futbolchilarda navbatdagi yutuq Yangiliklar

Urganchlik futbolchilarda navbatdagi yutuq

O'tgan turda mezbonlar safarda “Mashal-2” jamoasi ustidan 1:0 hisobida yutuqqa erishib qaytishgandi.
Bundan ruhlangan vohalik futbolchilar “SHerdor” jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi.
  
Kutilganidek, o'yin urganchliklarning qarshi hujumi bilan boshlandi. “Xorazm”lik hujumchilar birinchi daqiqa ichida ikki marta to'p kiritish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Avvaliga Feruzbek Jabborov boshi bilan darvoza tomon yo'naltirgan to'p samarqandliklar darvozaboni SHuhrat Murodovning qo'liga tegib ustunga borib urildi va maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Ilyos Xayrovning burchakdan oshirib bergan to'pi esa to'singa tegdi. Maydon egalarining ushbu intilishlarini ko'rgan muxlislar g'alaba muqarrar ekanligini ko'ngildan his qilishgani rost. Darhaqiqat, shundan keyin ham urganchliklar qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Lekin, to'p mehmonlar darvozasi to'riga borib tushishni istamayotgandek, goh darvozaning yonginasidan, goh ustida o'tib ketardi. O'z navbatida samarqandlik himoyachilar ham bexato  o'ynashgani bois uchrashuvdagi muvozanat saqlanib turilganligi ham bor gap.

Ular deyarli bo'limning uchdan ikki qismini hamjihatlikda himoyada aniq harakat qilishdi. “SHerdor” jamoasi futbolchilari maydon egalari darvozasi tomon dastlabki zarbani  30-daqiqada yo'llashga muvaffaq bo'lishdi.  Unda ham SHohruh Islomovning tepgan to'pi noaniq ketdi.
  
O'yinning ikkinchi qismi boshida Georgiy Adamyan “Xorazm”lik darvozabon G'ayrat O'daevning sergakligini sinab ko'rdi. Mazkur zarba biroz xavfli tus oldi. Biroq, tajribali darvozabon to'p yo'liga g'ov bo'ldi. Oradan o'n uch daqiqa o'tib, shunga o'xshash zarbani urganchliklar amalga oshirishdi. Bu erda mehmonlar darvozaboni SHuhrat Murodov mahoratini ishga soldi. Vaqt o'tib borardi. Mahalliy muxlislar hayojonda. Ularning xayolida “uchrashuv durang bilan nihoyasiga etsa kerak” degan fikr tug'ilgan bo'lsa ajabmas. Nihoyat, “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonovning o'yinchilarni almashtirishi ish berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Javlon Egamov o'yin tugashiga besh daqiqa qolganda ishqibozlar intiqib kutgan to'pni “SHerdor” jamoasi darvozasi to'riga joylab qo'ydi. Aynan, ushbu kiritilgan to'p uchrashuv taqdirni hal etdi.


“G'arb” mintaqasi.  6- tur. 3 may (yakshanba).
“Xorazm” (Urganch) – “SHerdor” (Samarqand) - 1:0 (0:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 863 tomoshabin.
Hakamlar:
Naim Qosimov (Qarshi) - 8,4, SHavkat Fayziev (Jizzax) - 8,3, Kamoliddin Abduraimov (Jizzax) - 8,6, Anvar Alimov (Urganch) - 9.
“Xorazm”:  G'ayrat O'daev, Abror Husinov, SHahzod Mannonov, Marat Qudratov, Jasur Otajonov (Rinat Bayramov,46,  Sarvar Jumaniyozov,56, Javlon Egamov,65), Feruzbek Jabborov, Marks Quranboev, Timur Bekchanov, Ilyos Xayrov, Mirza Quryozov, Nizomjon Norov(Oxunjon Razzoqov, 87).
“SHerdor”: SHuhrat Murodov, Berdiyor Abdurashidov, Dilshod Isoqulov, Temur Dadashev, Mirjalol Lakaev(Anvar Nosirov, 85), SHohruh Islomov(Abulfayz Musaev,55), Georgiy Adamyan(Sannatillo Ziyoev,88), Azamjon Abdurafiqov, Ozod Tursunov, Dilshod Nosirov, Sanjar Akramov(Jahongir Mamedov,90).
Gol: Javlon Egamov (85) kiritdi.
Ogohlantirish: SH.Mannonov  (52), M. Quronboev (61), T. Bekchanov (72),  – A. Abdurafiqov(42), O. Tursunov (87).
Maydondan chetlatish: Ozod Tursunov (ikkinchi ogohlantirish 87, “SHerdor”).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Tashkent).


Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика