So’nggi yangiliklar

10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   2 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  4

Urganchda “Futbolimiz kelajagi” turnirining mintaqaviy bosqichi o'tkazildi Yangiliklar

Urganchda “Futbolimiz kelajagi” turnirining mintaqaviy bosqichi o'tkazildi

Bir necha kun davomida Urganch olimpiya zaxiralari kolleji o'yingohida “Futbolimiz kelajagi” respublika turnirining Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari bosqichi g'oliblari o'zaro kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalar ko'ra, 9-10 yoshlilar guruhida Urganch shahridagi 4-sonli “Yuqoribog'” va Buxoro shahridagi “Afshor” mahallalari jamoalari bir xil 4 ochkodan jamg'arishdi. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra, buxoroliklar guruh g'olibligini qo'lga kiritishdi.  11-12 yoshlilar bellashuvida To'rtko'l tumanidagi “Markazobod” mahallasi yoshlari zafar quchishdi. Urganch tumanidagi Yuqoribog' qishlog'ining Hamid Olimjon nomli mahalla jamoasi 13-14 yoshlilar bahsida shohsupaning birinchi pog'onasini egalladi.   

Turnirning yopilish marosimi bayramona tarzda uyushtirildi. G'olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, musobaqada qatnashgan futbolchilarning hammasi tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Jamoalar murabbiylari va uchrashuvlarni boshqargan hakamlar ham etibordan chetda qolmadi. Har bir guruhdan to'rttadan yosh “charm to'p” ustasi  “Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi”ga atalgan sovringa loyiq ko'rilishdi.

9-10 yoshlilar guruhi.
1-o'rin. “Afshor” mahallasi (Buxoro shahri). 2-o'rin. “Yuqoribog'” mahallasi (Urganch shahri). 3-o'rin. “Samanboy” mahallasi (Nukus tumani).

Eng yaxshi futbolchilar: Azizbek Narzullaev (darvozabon, “Afshor” mahallasi), Sardor Qalbaev (himoyachi, “Samanboy” mahallasi), Nozim Abdullaev (hujumchi, “Afshor” mahallasi), Jahongir Bozorboev (eng yaxshi futbolchi, “Yuqoribog'” mahallasi).



11-12 yoshlilar guruhi.
1-o'rin. “Markazobod” mahallasi (To'rtko'l tumani). 2-o'rin. “Arabxona” mahallasi (Kogon shahri). 3-o'rin. “Yangi hayot” mahallasi (Urganch shahri).

Eng yaxshi futbolchilar: Muhammad Kenjaev (darvozabon, “Markazobod” mahallasi), Asadbek Bahodirov (himoyachi, “Yangi hayot” mahallasi), Lochin Rajabboev (hujumchi, Markazobod” mahallasi), Feruz Mustofaev (eng yaxshi o'yinchi,  “Arabxona” mahallasi), “

13-14 yoshlilar guruhi.
1-o'rin. Hamid Olimjon nomli mahalla (Urganch tumani). 2-o'rin. “Samanboy” mahallasi (Nukus tumani). 3-o'rin. “Mustaqillik” mahallasi (Peshku tumani).

Eng yaxshi futbolchilar: Ro'zimboy Ganjaev (darvozabon, Hamid Olimjon nomli mahalla), Muhsin Musaev (himoyachi, “Mustaqillik” mahallasi), Bobur Ahmedov (hujumchi, Hamid Olimjon nomli mahalla), Erbol Maqsedov (eng yaxshi o'yinchi,  “Samanboy”  mahallasi),

Bir so'z bilan aytganda, “Futbolimiz kelajagi” respublika turnirining Urganch shahrida kechgan mintaqaviy bosqichi yuqori saviyada o'tkazildi.
  
SHokirjon MADAMINOV (viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i): -  Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon sport, xususan bolalar sporti yanada ommaviylashdi. Bu ko'ngillarga iliqliq bag'ishlaydi. Ayniqsa, O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etilgach, yurtimizda yangidan yuzlab bolalar sport obektlari qurib foydalanishga topshirildi. Hozir ham ushbu xayrli islohotlar davom etayapti. Qolaversa, yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqalarning doirasi ham kengaydi. Ularda farzandlarimiz iqtidor va qobiliyatlarini ko'rsatish imkoniga ega bo'lishayotir. So'zsiz, “Futbolimiz kelajagi” respublika turniri ana shular sirasiga kiradi. Ishonchim komilki, yoshlarimiz yaratib berilayotgan bunday shart-sharoitlardan unumli foydalanishib, manan va jismonan sog'lom avlodlar bo'lib voyaga etishadi.
  
Ulug'bek HUSAYNIY (To'rtko'l tumanidagi “Markazobod” mahalla jamoasi boshlig'i): - Futbolchilarimiz ikkala o'yinda ham g'alaba qozonib, final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Bundan mahallamiz ahlining boshi ko'kka etdi. Nasib qilsa, yoshlarimiz poytaxtimizning “Jar” o'yingohida tashkil etiladigan hal qiluvchi uchrashuvlarda ham sermazmun o'yinlar ko'rsatib, o'z muxlislarini quvontirishadi. Bunga aminman, albatta.
          
Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика