So’nggi yangiliklar

12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  1 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5

Urganch shahar hokimi kubogi sohibi aniqlandi Yangiliklar

Urganch shahar hokimi kubogi sohibi aniqlandi

Teglar :  XorazmUrganch
Xorazm viloyati markazida Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab mini futbol bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Urganch shahar hokimi kubogi musobaqasi uyushtirildi.

Urganch shahar hokimligi, “Sog'lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg'armasi viloyat bo'limi, O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Urganch shahar tashkiloti, Urganch shahar xalq talimi  muassasalari  faoliyatini metodik taminlash va  tashkil etish bo'limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Urganch  shahar kengashi va Futbol federaciyasi Urganch shahar bo'limi  hamkorligida “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida o'tkazilgan mazkur musobaqada 30 ta maktab jamoasi ishtirok etdi.

Hal qiluvchi uchrashuvda Urganch shahrining  5-sonli va 7-sonli umumtalim maktablari jamoalari o'zaro bahs yuritdi. Ushbu o'yinda Zohidjon Ibrohimov ustozlik qilayotgan 5-son maktabning yosh “charm to'p” ustalari raqibidan ancha mahoratli ekanligini isbotladi. Ular raqib  jamoasini 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Urganch shahar hokimi kubogini qatorasiga beshinchi marta qo'lga kiritishdi. Natijada, 7-sonli maktab jamoasi shohsupaning ikkinchi pog'onasini egalladi. Urganch tumanining 2-sonli va 12 - sonli maktab futbolchilari uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

Musobaqaning “eng yaxshi”lari nomiga Jasur Sadullaev(darvozabon, Urganch tumani 2-son maktab), Siroj Tojiev(himoyachi, Urganch tumani 12-son maktab), Habibulla Matyoqubov(hujumchi, Urganch shahri, 5-son maktab) va Zohidjon Ibrohimov(murabbiy, Urganch shahri, 5-son maktab)lar sazovor bo'ldi.

Yakunda g'olib va sovrindor jamoalar hamda nominaciyalar bo'yicha “Eng yaxshi”lar tashkilotchilar tomonidan tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV,
   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика