So’nggi yangiliklar

09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  4 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  6 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  14 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7

Unutmoq osonmas bizlarni... Yangiliklar

Unutmoq osonmas bizlarni...

Har birimiz futbolga qaysidir jamoa, yoki qaysidir futbolchi sabab qiziqib qolganimiz bor gap.

SHu tufayli turli avlod vakillari futbol haqida gaplashganda, tanlovlar turlicha bo'ladi. O'tgan asr oxiri, yangi asr boshlarida to'p tepgan va millionlab muxlislar olqishiga sabab bo'lgan futbolchilar ham kam emas. Ulardan bir jamoa tuzadigan bo'lsak, yaxshigina tarkib chiqadi. Ha, bu futbolchilar faoliyatini tugatganiga ancha bo'lib qoldi, ammo ko'pchiligimiz hamon ularning o'yinlarini sog'inib yashaymiz.

SHu o'rinda, el suygan qo'shiqchilardan biri Oxunjon Madalievning “Unutmoq osonmas bizlarni” deb nomlangan sanat asari yodimizga tushdi. O'sha qo'shiqni yoqtirmaydigan, entikib eshitmaydigan inson bo'lmasa kerak.

Bugun futbol dunyosidagi shu kabi “unutish osonmas” futbolchilar haqida gaplashamiz.  

Darvozabon
Oliver Kan (Germaniya)

Zamonamizning eng kuchli darvozabonlari Yan Oblak, De Xea, ter SHtegen, Noyer, Navas, Ederson, Alisson va boshqalarni nima birlashtirib turadi bilasizmi? Oliver Kandagidek “xarizma”. Noyer ham quvnoqligi, g'aroyib harakatlariga qaramay, xarakter bo'yicha Oliverdaka emas. CHamamda, u kabi darvozabonlar chiqaradigan maktablar yopilib ketgan.

Kan jamoasini qiyin pallalarda qutqarardi, baqirardi, jamoadoshlariga ruhiy tomondan ijobiy tasir o'tkaza olardi va atrofdagi har bir narsaga etibor berib, munosabat bildirardi. Bir so'z bilan aytganda – ajoyib darvozabon.

Himoyachilar
Markus Kafu (Braziliya)

Braziliya termasida doimo bezorilar jentlmenlar bilan yonma-yon harakat qilgan. Kafuga bir qaragan inson, uning odam ohun, yumshoq tabiyatliligini darrov sezardi. Zamonaviy futbolda u kabilarni qidirib topish mushkul vazifa. Kafu ishini ham ajoyib uddalardi va xarakter borasida ham o'rnak bo'la olardi. O'ziga xos edi braziliyaliklar sardori, ikki karra Jahon CHempioni – uning o'yinlarini sog'inganlar kam bo'lmasa kerak.

Karles Puyol (Ispaniya)
Otamendi bazi jihatlari va bazi o'yinlari bilan o'zini Karles bilan solishtirishimizga qo'ymaydi. Umuman olgan u ham kuchli himoyachi ammo Puyol boshqa daraja edi. Borgan sari yakkama-yakka kurashga kiradigan va uni yutib chiqadigan himoyachilar kamayib ketmoqda. Puyol aynan shu jihati bilan ko'pchilikka yoqardi. U birga-bir talashardi va raqib kimligidan qati nazar qo'rqmasdi. SHu o'rinda, kurashda jaxldor Karles, hech qachon raqibga jarohat etkazish yoki g'irrom yo'li bilan yutishga harakat qilmagan. U halol kurashardi. Karles “El Klasiko”lardan birida Pike hakamga arz qilishga ketayotganda, qo'lidan unga otilgan “yondirgalka”ni olib qo'ygani esingizdami? Qoyil qolmay iloj yo'q! Bugun u kabilar bo'lsa ham, sanoqli.

Alessandro Nesta (Italiya)
Alessandro Nestaning o'yinini ortiqcha tariflashga hojat yo'q. Futbolda haqiqiy jentlmenlar kam, Nesta esa ulardan biri edi. Ramos – ispan futboli afsonasi, ammo Serxio hisobida faoliyati davomida 24 ta qizil kartochka va ogohlantirishlar bo'yicha Primera rekordi bor. Nesta esa butun faoliyati davomida bor yo'g'i besh bor qizil kartochka olgan, uning har bir “podkati” esa o'zgacha bir sanat asari edi.

Biksant Lizarazyu (Franciya)
Ha, Lizarazyu har doim ham yuqori darajadagi futbol namoyish etmagan bo'lsada, uning harakatlarida qandaydir o'ziga xoslik bor edi. Turli poziciyalarda harakat qilgan qanot himoyachilari Zanetti yoki Maldini o'z jamoasi ramziga aylanishdi, Lizarazyu esa “Bavariya” va Franciya termasi safidagi sovrinlar, futbolchini keyinchalik ham buyuklar qatorida eslash uchun etarli bo'ldi. Undan so'ng, u kabi obro'-etiborga faqat Filipp Lam sazovor bo'ldi.

Yarim himoyachilar
Pavel Nedved (CHexiya)

Jingalak soch chex “Yuventus”da futbol menejeri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Obro'li lavozim sohibi. Yoshligi esa Pavel katta bo'lgan uyi yonida ikki oyoqda ham bir xil o'ynash uchun mashq qilar va devorga soatlab zarba berib, o'z ustida ishlardi. Kelajakda mehnatlari samarasi o'laroq “Oltin to'p” sohibiga aylandi va “Lacio”, hamda “Yuventus”ning oltin davrlarida bevosita ishtirok etgan.

Andrea Pirlo (Italiya)
Bu futbolchi o'yinini tariflashimiz shart bo'lmasa kerak. Bekorga uni boshqa klub muxlislari ham “Maestro” deyishmaydi. Pirlo kabi futbolchilar juda kam uchraydi. Vaholanki unga avvaliga “Inter”da ishonishmagan. “Milan”da esa u klub, mamlakat milliy termasi va umuman futbol tarixiga o'z ismini yozib qoldirdi. Balki shunga o'xshash taqdir Salaxni ham kutayotgandir, lekin nima bo'lganda ham Pirlo o'ziga xoslardan biri edi.

Klarens Zeedorf (Gollandiya)


Hech qachon “Milan”ga muxlislik qilmaganlar ham Anchelottining o'sha davrlardagi jamoasiga befarq qaray olishmasdi. O'sha tarkibning muhim futbolchilaridan biri Zeedorf edi. Yoshligidan to faoliyatining so'nggi yillarigacha jahon darajasidagi futbol namoyish qilgan, top jamoalar sharafini himoya qilib, millionlab muxlislar mehrini qozongan. Afsuski, buyuk futbolchining murabbiylik faoliyati o'xshamayapti, lekin maydonda u etishmayapti.

Pol Skoulz (Angliya)
Ko'pchilik Rayan Giggz va Devid Bekhem haqida gapirsada, ularning yonida to'p tepgan Pol Skoulzning ham mahoratiga tan bermay iloj yo'q. Skoulz maydonda yulduzlardan qolishmaslikka harakat qilgan va maydondan tashqarida ham o'rnak qilib ko'rsatish mumkin edi. Skoulz va Pogba turli xil sayyoralardan desak mubolag'a bo'lmaydiku axir. Birinchisi 18 yoshidayoq katta bo'lgan futbolchi bo'lsa, ikkinchisi 25 yoshda ham hali yosh bola.

Hujumchilar
Dennis Bergkamp (Gollandiya)

Zargarona harakatlari va ajoyib zarbalari bilan Ronaldo, kerak bo'lsa butun dunyoga qarshi chiqib, mag'rur Franchesko Totti ko'pchilikka yoqardi. Ammo “Arsenal”ning parvozlardan qo'rqadigan hujumchisi zamonaviy futbolga etishmayapti. Bergkampning harakatlarini so'z bilan ifodalash qiyin, uni ko'rish kerak. Bugungi kun hujumchilari o'rgansa arziydigan jihatlar etarli gollandiyalikda.

Raul Gonsales (Ispaniya)
Bugungi kun to'purarlari malum bir jamoa muxlislari, malum bir guruh muxlislar olqishiga sazovor bo'ladi. Raul esa ispaniyalik oddiy bir yigit edi. Uni barcha hurmat qilar va yosh bolalar unga o'xshashga harakat qilardi. Raul aql bilan o'ynardi, bugungi kunda hujumchilar tezroq yugurishga ko'proq etibor berishmoqda. Afsus... Balki “Real” akademiyasidagilarga boshqacharoq tarbiya berish kerakdir?


Sizchi, siz qaysi futbolchining o'yinlarini sog'indingiz? Yaxshilab eslab ko'ring, bazan uzoq vaqt davomida tilga olinmagan, ammo vaqtida maydondagi harakatlari bilan ko'pchilikni lol qoldirgan futbolchilar etarli axir...


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика