Umidlarni oqlolmagan zaxira
14 may 2018 10:56
Yangiliklar
Axir o'tgan mavsum omadli yurishlarda Xames, Morata va yana qator futbolchilar zaxiradan maydonga tushib, foyda keltirganini ko'pchilik takidladi va bu yaqqol sezilib ulgurdi. Aynan ular sababli ham "Real" nafaqat ECHLda balki, ichki chempionatda ham muvaffaqiyat qozongandi. Bu mavsum esa... Bu mavsum ishlar unchalik yaxshi emas. Markos Lorente hamda Borxa Mayoral bunga yorqin misol bo'la oladi.
Markos Lorente
Dani Sebalos bilan bir qatorda Lorente jamoaga yangi kelib qo'shilganlar ichida eng og'ir mavsumini o'tkazdi. Ijara asosida "Alaves" tarkibidagi ajoyib o'yinlaridan so'ng Markos o'tgan yoz "Bernabeu"ga qaytgandi.
Zinedin Zidan Lorenteni juda kam ishga soldi. Vaholanki aynan ispaniyalik Kazemironing to'g'ridan-to'g'ri o'rinbosari bo'lishi kutilgandi. Markosning o'zi ham basklar yurtidan shu maqsadda qaytgandi. Xattoki birinchi intervyularidan birida: "Qaerga kelganimni va Kazemiro jamoa uchun qanday muhim figura ekanligini tushunib turibman. Bu oson bo'lmaydi, lekin men asosiy tarkib uchun kurashib ko'rmoqchiman. Dunyoning eng kuchli klubida asosiy tarkibda to'p tepish ajoyib bo'lardi", - degandi. Ammo 20 o'yinda 23 yoshli yarim himoyachi bor yo'g'i 1064 daqiqa harakat qildi. Kazemironing ko'rsatkichidan uch barobar kam.
Qirol Kubogida Lorente ko'proq ko'rinish berdi: u olti o'yinning barchasida maydonga tushdi. Eslatib o'tamiz, «Real Madrid» ham ushbu musobaqada 6 uchrashuv o'tkazdi xolos. Ammo La Liga va CHempionlar Ligasidagi vaziyat umuman boshqacha edi. Kazemiro bu musobaqalarda ettita o'yinni o'tkazib yubordi (APOEL, "Bavariya", "Real Sosedad", "Jirona", "Atletiko", "Atletik" va "Barselona"ga qarshi), ammo ularning hech birida Lorentega ham tarkibda joy topilmadi. Yosh yarim himoyachi La Liganing bor yo'g'i uch o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushid: "Levante", "Xetafe" va "Espanol"ga qarshi va "Selta"ga qarshi uy o'yinida (shanba kuni bo'lgan o'yin) hattoki qaydnomaga ham kiritilmadi.
Borxa Mayoral
Mayoral jamoaga Lorentedan ko'ra ko'proq foyda keltirdi, ammo ularning vaziyati unchalik farq qilmaydi: "Madrid" forvard jamoani tark etgan Alvaro Morata o'rnini to'ldirishiga umid qilgandi. Klubdagilar aynan Mayoral muntazam gol urishiga va zarur pallada zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytirishiga ishonishgandi. ha, hujumchi 23 o'yin (901 daqiqa)da 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Imkoniyatlaridan kelib chiqib, har 128 daqiqada gol urayotgan Borxaning ko'rsatkichlari yomon emasligini takidlash mumkin, bu borada u "Lion"ga ketgan Marianodan qolishmayapti: 2016/17-yilgi mavsumda Dias maydonda 14 o'yinda 302 daqiqa harakat qilgandi.
SHu o'rinda Zidan Mayoralga imkon berishdan ko'ra, "to'qqizinchi"(maydondagi poziciyasi bo'yicha) o'yinchi rolida Krishtianu Ronalduni tushirishni maqul ko'rgani etiborga loyiq. Bu Zizu Borxaga unchalik ishonmasligini bildiradi.
Kelajakda ularni nima kutmoqda?
Mart oyida AS nashri Lorente "Madrid"ni tark etishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. Markosning xizmatlariga "Real Sosedad" va Frankfurtning "Ayntraxt" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Qiziq jihati shundaki, har ikki klub tarkibida avval "Real Madrid" sharafini himoya qilganlar – Diego Lorente va Omar Maskarel bor. "Qirollik klubi" va nomi tilga olingan jamoalar o'rtasida yaxshi aloqalar o'rnatilgan.
Mayoral ham yaqin orada Ispaniya poytaxtidan ketishini sezib turibdi va "Leganes"ga qarshi o'yindan so'ng shunday dedi:
"Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun mavsum oxirida jamoani tark etishga majbur bo'lishimni sezyapman".
Agar Mayoral Ispaniyadan variant topa olmasa, yaxshi tanish Bundesligaga qaytgani maquldek. U erda u yodingizda bo'lsa, "Volfsburg" sharafini himoya qilgan.
Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi
Fikrlar