So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

“Umid nihollari-2015”ga tayyorgarlik qizg'in Yangiliklar

“Umid nihollari-2015”ga tayyorgarlik qizg'in

Malumki, kelasi yili Xorazm viloyatida maktab o'quvchilarining “Umid nihollari” sport o'yinlarining navbatdagi respublika bosqichi bo'lib o'tadi.
Ayni damda, vohaliklar mazkur musobaqaga qizg'in tayyorgarlik ko'rishayotir.



Buning barobarida Urganch shahridagi sport inshootlarida qurilish va rekonstrukciya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, “Xorazm” jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Xorazm sport majmuasi keng qamrovli rekonstrukciya qilinmoqda. Rekonstrukciyaning afzalliklari shundan iboratki, futbolchilar va hakamlarning echinib-kiyinish va yuvinish xonalari jahon andozalariga mos tarzda tayyorlanib, jihozlanadi. O'yingohga esa yangi o'rindiqlar va zamonaviy tablo - monitor o'rnatiladi. Joylashtiriladigan yoritqichlar esa futbol uchrashuvlarini kechqurunlari o'tkazish imkonini beradi. Futbol maydoni chimi ham yangilanib, uni avtomatik ravishda sug'orish tizimi ishga tushiriladi va maydon atrofi yangidan sifatli yugurish yo'lakchalari bilan qoplanadi. Etiborlisi yana shundaki, majmua hududida katta o'lchamli ikkita - biri tabiiy, yana biri suniy qoplamali mashg'ulotlar maydoni tashkil topadi. Majmuadagi usti ochiq suzish havzasi ham qaytadan rekonstrukciya qilinib, talablar darajasiga keltiriladi. SHuningdek, o'yingohga tashrif buyuradigan tomoshabinlar uchun ham qator qulayliklar yaratilmoqda. Umuman, sport inshooti hududi obodonlashtirib, ko'kalamzorlashtiriladi. Natijada, majmua yanada maftunkor tusga kiradi. Bir so'z bilan aytganda, Xorazm sport majmuasi yaqin orada havas qilsa arzigulik inshootga aylanadi.



- Mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan yoshlarni manan va jismonan barkamol avlodlar qilib tarbiyalashga jiddiy etibor qaratilyapti, - deydi Xorazm viloyati hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i SHokirjon Madaminov. – Yurtimizda uzluksiz ravishda o'tkazib kelinayotgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o'yinlari so'zimiz tasdig'i sanaladi, albatta. O'z navbatida joylarda bo'lib o'tadigan bunday musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish anana tusini olgan. SHu jihatdan, viloyatimizda kechadigan farzandlarimizning nufuzli sport anjumanini yuqori saviyada uyushtirishga intilyapmiz. Ishonchim komilki, vatanimiz kelajagi hisoblangan o'g'il-qizlarimiz ko'rsatilayotgan ushbu g'amxo'rliklarga javoban, jismonan kuchli, manan bilimli va tafakkuran salohiyatli insonlar bo'lib voyaga etishadi.



Ha, o'quvchilarimizning nufuzli sport anjumani -  “Umid nihollari - 2015” musobaqasining ochilish va yopilish marosimlari tashkil etilishi rejalashtirilgan ushbu  majmua kun sayin tarovat kasb etib, ko'zni quvnatadigan qiyofaga kirayotir. Aminmizki, xorazmliklar o'zlariga bildirilgan ishonchni to'la oqlashadi va yosh sportchilarimizga o'zaro bellashishlari uchun etarli imkoniyat va shart-sharoit yaratib berishadi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика